Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.
1. Omeka.net saytiga kiring."Sign Up" tugmasini bosing va bepul "Basic" planini tanlang.
Foydalanuvchi nomi, parol va email kiriting. Saytingiz nomi "sizning-saytingiz.omeka.net" shaklida bo'ladi.(masalan: meniki mars.omeka.net)
Gmailga xabar keladi, tasdiqlaysiz sizda hisob tayor.
Koʻrsatilgan joydan sayt malumotini oʻzgartishingiz mumkin.
Endi Kolleksiya yaratishni koʻrib chiqamiz
Dashboardda chap tarafdagi menyudan "Collections" bo'limiga o'ting.
"Add a Collection" tugmasini bosing.
Kolleksiyaga nom bering (masalan,men Mustaqillik davri tangasi deb yozdim), tavsif yozing va Dublin Core metadata qo'shing (masalan, muallif, sana, kalit so'zlar).
Shu joyida etiborli boʻling "Public" qutisini belgilang, shunda kolleksiya hammaga ko'rinadi.Ayrim kursdoshlarda hatolik koʻrganim uchun eslatib qoʻydim!
Saqlang! Endi kolleksiyangiz tayyor – unga itemlar (rasm, video yoki hujjat) qo'shishingiz mumkin.
Endi Itemlar qo'shish va kolleksiyani to'ldirish koʻrib chiqamiz.
"Items" bo'limiga o'ting va "Add an Item" ni bosing.
Bu yerdan Fayl yuklang (rasm, PDF va h.k.), metadata kiriting: sarlavha, yaratuvchi, tavsif, taglar (kalit so'zlar)kiriting.
Koʻrsatilgan joydan Kolleksiyani tanlang va itemni unga bog'lang (bir item faqat bitta kolleksiyaga tegishli bo'ladi).
Bir necha item qo'shgach, saytingizni ko'ring – kolleksiya avtomatik ravishda sahifada paydo bo'ladi!
Mana shunday holatda paydo boʻladi.
Endi “Appearance”ni tushuntirib beraman
Etiborli boʻling!!
Belgilangan joyga kirib soʻng
Configure Theme yozuvga bosib kirib yangi qoʻshimchalar qoʻshishingiz mumkin(logotip ham).
Change ni bosib logotipga rasm tanlaysiz.
Kerakli joylarni oʻzingizga moslab olgandan soʻng "save changes" bosib saqlaysiz.
View site bosib koʻrib olish mumkin.
Savollaringiz boʻlsa izohda yozib qoldiring.
Zor chiqibdi 👍🏻
ReplyDeleteQuvonchbek barchaga kerakli manfaatli post bo'libdi. Shaxsiy tajribangizni screenshotlar bilan sodda tilda tushuntiribsiz. Ko'pchilikning muammosiga yechim taklif qilganingiz juda yaxshi tashabbus bo'libdi. TASHAKKUR
ReplyDeleteQuvonchbek ajoyib poʻst boʻlgan. Men oxirgachon oʻqib chiqdim. Faqat bir narsa aytmoqchimanki shuni video tarzda tayorlab boshqa messenger orqali yuborsangiz tanda manfaatli boʻlgan boʻlar edi. Chunki video orqali anchagina oʻqishni eringan insonlarga yordam boʻlar edi. Lekin ajoyib.
ReplyDeleteQuvonchbek yaxwi post boʻlgan tuwunmagan odam tuwinib oldi, lekin Ozodbek etganidek video orqali ham tuwindirsangiz tuwinish tezroq boladi degan fikrdaman, yani video bolsa korib rasmdan koʻra tezroq tuwunadi.
ReplyDeleteThis comment has been removed by the author.
DeleteBu post hamma uchun foydali bo'ldi. Shu post orqali omeka.net saytiga kirish va undan ro'yxatdan o'tish biz uchun ko'nikma bo'ldi. Mehnatingiz uchun rahmat
ReplyDeleteYacshi
ReplyDeleteFaydali mavzu boʻlibdi . Qoyil.
ReplyDeleterahmat tushunib oldim
ReplyDeleteManfaatli post boʻlibdi
ReplyDelete🔥🔥🔥⚡
ReplyDeleteZor
Delete