Virtual muzeylar nima?
Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning
eng mashhur kolleksiyalarini ko‘rish imkonini beradi.Yevropaning eng yirik raqamli kutubxonasi, arxivi va muzeyi bo‘lgan Europeana Collections platformasini ko‘rib chiqamiz. Bu loyiha millionlab kitoblar, rasmlar, filmlar va arxiv hujjatlarini bir joyga jamlagan. Uning yordamida biz nafaqat biror tarixiy buyumni ko‘rishimiz, balki uning tarixi, yaratilgan davri va boshqa manbalar bilan bog‘liqligini ham o‘rganishimiz mumkin. Bu aynan raqamli tarixning bizga berayotgan eng katta imkoniyatlaridan biridir – manbalarni kontekstual bog‘liqlikda tahlil qilish.
Sahifaning eng yuqorisida sizni “Discover Europe’s digital cultural heritage” (Yevropaning raqamli madaniy merosini kashf eting) degan taklif bilan katta qidiruv maydoni kutib oladi. Agar sizda aniq bir g‘oya bo‘lsa, ishingiz aynan shu yerdan boshlanadi.
Agar nima izlashni bilmasangiz, pastroqqa tushing va “Explore by theme” (Mavzular bo‘yicha o‘rganing) bo‘limidan foydalaning. Bu yerda sanoat, migratsiya, san’at, xaritalar kabi o‘nlab tayyor mavzular jamlangan. Birortasini tanlab, o‘zingiz uchun kutilmagan tadqiqot yo‘nalishini kashf etishingiz mumkin.
Sayt doimiy yangilanib boradi. “Latest stories” (So‘nggi hikoyalar) va “Latest galleries” (So‘nggi galereyalar) bo‘limlarida professionallar tomonidan tayyorlangan, tahlilga boy kontentlarni ko‘rib chiqishingiz mumkin.
“Create an account” (Akkaunt yarating) orqali ro‘yxatdan o‘tsangiz platforma sizga topgan qiziqarli materiallaringizni saqlab qo‘yish, shaxsiy galereyalar yaratish imkonini beradi.
Saytni shunchaki aylanib chiqishdan va izlanishdan qo'rqmang. Ushbu saytdan biror qiziqarli obyektni topib, o'z tahlilingizni biz bilan bo'lishing. Tarixiy izlanishlaringizga omad!
Zoʻr
ReplyDelete