Skip to main content

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima?

Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning

eng mashhur kolleksiyalarini ko‘rish imkonini beradi.

Yevropaning eng yirik raqamli kutubxonasi, arxivi va muzeyi bolgan Europeana Collections platformasini ko‘rib chiqamiz. Bu loyiha millionlab kitoblar, rasmlar, filmlar va arxiv hujjatlarini bir joyga jamlagan. Uning yordamida biz nafaqat biror tarixiy buyumni ko‘rishimiz, balki uning tarixi, yaratilgan davri va boshqa manbalar bilan bog‘liqligini ham o‘rganishimiz mumkin. Bu aynan raqamli tarixning bizga berayotgan eng katta imkoniyatlaridan biridir – manbalarni kontekstual bog‘liqlikda tahlil qilish.

Sahifaning eng yuqorisida sizni “Discover Europe’s digital cultural heritage” (Yevropaning raqamli madaniy merosini kashf eting) degan taklif bilan katta qidiruv maydoni kutib oladi. Agar sizda aniq bir g‘oya bo‘lsa, ishingiz aynan shu yerdan boshlanadi. 

 

Agar nima izlashni bilmasangiz, pastroqqa tushing va “Explore by theme” (Mavzular bo‘yicha o‘rganing) bo‘limidan foydalaning. Bu yerda sanoat, migratsiya, san’at, xaritalar kabi o‘nlab tayyor mavzular jamlangan. Birortasini tanlab, o‘zingiz uchun kutilmagan tadqiqot yo‘nalishini kashf etishingiz mumkin.

 

Sayt doimiy yangilanib boradi. “Latest stories” (So‘nggi hikoyalar) va “Latest galleries” (So‘nggi galereyalar) bo‘limlarida professionallar tomonidan tayyorlangan, tahlilga boy kontentlarni ko‘rib chiqishingiz mumkin.

 

 
Europeana Collections sizga shunchaki obyektlarning virtual tasvirlarini ko‘rsatish bilan cheklanmaydi. Har bir rasmning ustiga bosganingizda obyektning metama’lumotlari ko'rinadi. Unda siz obyektning nomi, yaratilgan sanasi, muallifi, saqlanayotgan asl muzey yoki arxiv nomi, undan foydalanish huquqlari haqidagi ma’lumotlarni topasiz. 

 

Create an account” (Akkaunt yarating) orqali ro‘yxatdan o‘tsangiz platforma sizga topgan qiziqarli materiallaringizni saqlab qo‘yish, shaxsiy galereyalar yaratish imkonini beradi.

Saytni shunchaki aylanib chiqishdan va izlanishdan qo'rqmang. Ushbu saytdan biror qiziqarli obyektni topib, o'z tahlilingizni biz bilan bo'lishing. Tarixiy izlanishlaringizga omad!


Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.