Skip to main content

2005 yil Andijon voqealari

Tarix azaldan qiziq fan. Tarixda bir gap bor haqiqiy tarix bir asrdan keyin yaratiladi. Hozirgi paytda biz XXI asrda yashayapmiz shu davrda bo'lgan voqealardan haligacha oxirigacha ochiq bo'lmagan voqealar bor. Shundaylardan biri bu 2005- yilda bo'lib
o'tgan Andijon voqeasidir. Men o'zim bu voqea juda ham qiziqaman. Eng qizig'i bu voqeada hich nima anniq emas kimlar urush chiqardi nega armiya oddiy aholiga quroldan o'q uzdi? Hokimiyat tepasida kimlar qanday siyosat olib bordi?

Andijon qo'zg'oloni 2005 yil 13- may kuni bo'lib o'tdi. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda ushbu voqeada 187 nafar odamlar halok bo'lgan. Lekin aslida esa halok bo'lgan insonlarning soni ushbu ko'rsatilgan raqamlardan ancha ko'proqdir.
Bu qo'zg'alon 23 ta savdogarning "akromiylar" oqimiga tushib Qolganligida ayblanishi va ular ustidan sud bo'lishi vaqtida sodir bo'ladi. Ba'zilar aynan bu qo'zg'alonni shu 23 savdogarlarning qarindoshlari amalga oshirgan deydilar ham. Lekin bu ham anniq to'xtam emas. Yana bir tomondan bu 23 tadbirkorlarning "Akromiylar" oqimiga qo'shilib qolganligi haqida ham anniq ma'lumotlar mavjud emas.

Andijon voqealarida aytilishicha qonlarni ariq bo'lib oqqan. 31 nafar davlat muhofaza hodimlari ham o'ldirilgan ediAndijondagi voqealarni boshlab bergan terrorchilar dastlab 12 may kuni 23:45 da Andijon shahridagi soqchi-patrul xizmati hududiga hujum qilishdi. Soqchilik qilayotgan to‘rt nafar ichki ishlar xodimini o‘ldirib, qurol-yaroq omborini buzishdi va o‘nlab avtomatlar, to‘pponcha, granata va boshqa qurollarni qo‘lga kiritishdi. Oradan bir soat o‘tgach, qurollarni ko‘paytirib, saflarini kengaytirib olgan jinoyatchilar to‘dasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 34-harbiy qism hududida paydo bo‘ladi. Bu yerda ham jinoyatchilar tomonidan 4-5 soqchi o‘ldirilib, ko‘plab qurol-yaroqlar o‘g‘rilanadi. Shundan so‘ng, jinoiy to‘da tezkorlik bilan ZIL-130 yuk avtomobili va bir qator yengil avtomobillarda tergov izolyatori, ya’ni Andijon shahrida joylashgan qamoqxona tomon yo‘l oladilar. Qamoqxona eshigini ZIL avtomobili yordamida buzib, ichkariga kiradilar va 600 ga yaqin mahbuslarni, shu jumladan 23 nafar “Akromiylar” va shu qamoqxonada saqlanayotgan o‘ta xavfli retsidivistlarni chiqarib yuborishadi.  
O'sha paytda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Zokirni Almatov edi. U kechasi 01:45 da Islom Karimovga telefon qiladi va bo'layotgan voqealar haqida ma'lumot beradi. Ertasi kuni ertalab 07.00 Prezident Toshkentdan Andijonga uchib keladi va vaziyatni tuzatishga harakat qiladi.  Islom Karimov Bobur maydoniga kelib nutq so'zlaydi. 
Ushbu voqeaga 20 yil bo'ldi lekin hagacha voqealar anniq  bo'lmagan. Ya'ni ochiq mavzuga aylanib qolgan. Balki  boshida aytganimdek vaqtlar o'tib bu voqealar ham oydinlashadi lekin hozirgi vaqtda oydin emas. 

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning