Skip to main content

A. Suhrob. Tirbantliklar

 

Toshkentdagi tirbandliklarga shaxsiy transport va taksilarning ko‘pligi sabab qilib ko‘rsatildi

O‘quv yilining birinchi kunida Toshkent ko‘chalarida uzundan-uzoq tirbandliklar kuzatildi. Poytaxt Transport boshqarmasi bunga yengil avtomobil va taksilar sonining oshgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Bu holat avtobus va yo‘nalishli taksilar harakatiga ham ta’sir qildi.6 sentyabr, yangi o‘quv yilining birinchi kunida Toshkent ko‘chalarida paydo bo‘lgan uzun tirbandliklar orasida jamoat transporti ham qolib ketdi.


Poytaxt Transport boshqarmasi o‘z izohida tirbandliklarga shaharda yengil avtomobil va yo‘nalishsiz taksilar soni ortib ketganini sabab qilib ko‘rsatdi. «Bu esa o‘z navbatida avtobus va yo‘nalishli taksilar oraliq vaqtining oshishiga olib keldi», — deyiladi boshqarma xabarida.


Boshqarma «o‘quv mavsumining birinchi kunida yo‘nalishsiz taksi xizmatlariga bo‘lgan katta talabdan ayrim haydovchilar ko‘proq foyda olaman deb sun’iy ravishda yo‘nalishsiz taksi xizmatlari narxini keskin oshirib yuborgan va aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan"ini tasdiqladi.

Xabarda shaharliklarga taksi chaqirish uchun mobil ilovadan foydalanish tavsiya qilindi — «bunda vaqtingizni va pulingizni tejaysiz». «Shu bilan birga, jamoat transportida harkatlanishni rejalashtirish va kuzatish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalar orqali kerakli transport yo‘nalishlarini onlayn tarzda kuzatish imkoni yaratilgan. Ushbu ilovadan foydalanib kerakli yo‘nalishning kelish vaqtini bilib, yo‘lingizni rejalashtirish orqali o‘z vaqtingizni tejashingiz mumkin».


Transport boshqarmasi barcha avtobus saroylarida jamoat transporti yo‘lovchilar oqimining ko‘payishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rilgani, harakatlanuvchi tarkib sanitar va texnik ko‘rikdan o‘tkazildi hamda dezinfeksiya ishlari olib borilganini ma’lum qildi.

Kechagi tig‘iz vaqtda 1397 ta harakat tarkibi, shu jumladan 850 ta avtobus va 547 ta mikroavtobus xizmat ko‘rsatgan.


Bundan tashqari soat 7:30 dan 9:00 gacha metropolitenning Chilonzor metro yo‘nalishida 3 daqiqa, O‘zbekiston yo‘nalishida 4 daqiqa va Yunusobod yo‘nalishlarida 7 daqiqalik oraliq masofa bilan metro poyezdlari harakatlangan.

Comments

  1. Aholi sonining sezilarli darajada ko'paygani va Universitetlarning shahar ichida joyllashgani ko'proq bunga sabab boldi deb o'ylayman

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning