Barselona - Ispaniyadagi shahar, Kataloniya avtonom viloyatining markazi va Barselona provinsiyasining markazidir. Ispaniyaning eng katta sanoat ishlab chiqarish shahri hisoblanadi. Yevropaning eng mashhur turizm maskanlaridan biridir. Barselonada 1 608 680 kishi istiqomat qilmoqda. Aholisining soni boʻyicha Ispaniyada Madriddan keyin ikkinchi, Yevropa Ittifoqida esa oʻninchi oʻrinni band qiladi. 1992-yilda Barselona Yozgi Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2004-yilda Barselonada 2004-yilgi Jahon madaniy forumi bo'lib oʻtdi va 2010-yil mart oyida Barselona Oʻrta yer dengizi ittifoqining poytaxti boʻldi, unga 43 ta mamlakat kirdi. 2013-yilda Barselonada suv sporti boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Barselona shahar kengashining ma'lumotlariga koʻra, 2005 yil 1 yanvar holatiga koʻra shahar aholisi 1593,075 kishini, katta Barselona aholisi 5,292,354 kishini (2006-yil) tashkil qildi. Aholi zichligi har kvadrat kilometrga 15,779 kishi. Aholining 95 foizi katalon tilini tushunishadi, aholining 76,4 foizi bu tilda gapiradi, aholining 75 foizi katalan tilini oʻqiydi va 47 foizi xatga egalar.
Aholining 13,8 foizi (219 941 kishi) (soni boʻyicha) immigrant hisoblanib, Ekvador, Peru, Marokash, Kolumbiya, Argentina, Pokiston, Xitoy va Boliviyadan koʻchib kelgan.
Aholining asosiy qismi katoliklar (shaharda 208 ta ibodatxonalar mavjud). Shaharda bir nechta xushxabarchilar, Iegova guvohlari va Buddistlar bor.
Barselona" ning tashkil topishi haqida ikki xil afsona mavjud. Birinchisi shaharning poydevorini Yunon afsonalarining qahramoni Gerkulesga Rim tashkil etilishidan 400 yil oldin, soʻngra miloddan avvalgi III asrda asos soladi. Keyingi afsona Gannibal oʻz otasining sharafiga Barsino deb atagan deb hisoblashadi. Barselona qal'asi V asrda Vestgotlar kelishidan oldin shakllangan. Barcelona shahri asrlar davomida o'zining salobatini yoqatmay kelayotgan shaharlardan biri. Bu shaharning o'z fudbol klubi ham bo'lib bu klubini hamma biladi. Bu esa sz bilgan BARSELONA 💙❤️








Xa
ReplyDeleteYaxshi
ReplyDeleteZuuur
ReplyDeleteZoʻr
ReplyDeleteDaxshat ma'lumotlar zem.
ReplyDeleteShuyam postmi bulmaydigan
ReplyDeleteyaxshi chiqibdi
ReplyDelete