Ustoz bizga maruza darsida ertangi seminarga akademiya.edu platformasidan ro'yxatdan o'tib kelish vazifasini bergan edilar. Platformada ro'yxatdan o'tishda deyarli umuman qiyinchilik bo'lmadi. Ro'yxatdan o'tib bo'lganimdan so'ng akademik profilimni shakllantirish uchun bir necha savollarga javob yozishim kerak ekan. Platformaning imkoniyatlaridan to'liq foydalanish uchun profilimni to'liq va aniq ma'lumotlar bilan to'ldirishim kerak ekan. Profilimni to'ldirishda ayniqsa, "Qiziqishlar sohasi" degan joyga e'tibor berdim, chunki keyinchalik aynan shu qiziqishlarimga mos yangi ilmiy ishlar haqida platformadan xabarnomalar kela boshladi.
Ustoz bizga ro'yxatdan o'tib 5 ta o'qituvchiga obuna bo'lish kerakligi aytdilar. Mening profilimga ham kamida 5 ta kursdoshim obuna bo'lishi lozim edi. Shunda ustoz bizga seminarga ball qo'yishlarini aytdi. Men tezlik bilan universitetimizdagi o'qituvchilarga obuna bo'lishni boshladim. Bu topshiriq juda qiziqarli bo'ldi, chunki u orqali men o'qituvchilarimizning asosiy tadqiqot yo'nalishlarini, ular o'z profillariga yuklagan ilmiy ishlarini (ayniqsa, darsliklarda yo'q bo'lgan so'nggi ma'lumotlarni) ko'ra oldim. Ustoz bergan vazifani bajarishda uncha qiyinchiliklar bo'lgani yo'q. Guruhimiz ichidagi obuna bo'lish vazifasi esa bizning akademik muloqotimizni mustahkamladi.
Akademiya.edu platformasi bepul, ammo premium obunasi ham mavjud bo'lib, u batafsil tahlil, izlanish bo'yicha tavsiyalar va boshqa qo'shimcha imkoniyatlarni taqdim etar ekan. Hozircha bepul xizmatdan foydalansam-da, premiumning "maqolangizni kim qidirgan" kabi tahlil funksiyalari kelajakda shaxsiy ilmiy ishlarimni yuklasam, juda asqotishini bilaman. Akademiya.edu juda kerakli platforma bo'lib, turli adabiyotlar va maqolalarni topishda yordam berar ekan. Men deyarli har kuni shu platformadan foydalanaman. Seminarga tayyorgarlik ko'rish uchun "qidiruv" bo'limidan foydalanib, mavzumga oid bir nechta bepul pdf materiallarni yuklab oldim. Bu materiallar hatto universitetimiz elektron bazasida ham mavjud bo'lmagan, so'nggi yillarda chop etilgan yangi tadqiqotlar ekan. Aynan shu yangi ma'lumotlar tufayli seminarda bergan javoblarim chuqurroq va asosli bo'ldi, bu esa menga ustoz tomonidan qo'shimcha maqtov va ball olib keldi. Men platformadagi maqolalarni o'qish orqali ilmiy manbalarga havolalar berish madaniyatini ham o'rganib bormoqdaman. Akademiya.edu mening akademik faoliyatimning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.


Zoʻr post ekan
ReplyDeleteMalades 👍👍👍
ReplyDeleteAjoyib👍
ReplyDelete🔥🔥🔥🔥
ReplyDeleteJuda yaxshi chiqibdi
ReplyDeleteErinmasdan yozibsiz lekin😅👏
ReplyDeleteVashi zoʻr
ReplyDelete