Skip to main content

Omeka.net ancha qiyin bo‘ldi


 Raqamli tarix fanidagi topshiriqlarni omeka.net orqali bajarish menga boshida ancha qiyin bo‘ldi. Platformaga kirganimda hammasi begona, tushunarsiz tuyildi. Ayniqsa rasm yuklash jarayoni juda qiynadi. Qayerga bosish kerak, qaysi joyga rasm tushadi hammasi adashib ketdi.Eng ko‘p qiynagan narsa rasm yuklanganda tizimning injiqligi. Ba’zan rasm o‘lchami kichik bo‘lsa ham qabul qilmaydi, ba’zan yuklangan rasm umuman ko‘rinmay qoladi. Yuklandi deb o‘ylayman, kirib qayta qarasam hech narsa yo‘q. Shuning uchun bir rasmni bir necha bor qayta yuklashga to‘g‘ri keldi. Internet ham tinch qo‘ymadi. Sahifa sekin ochiladi, rasm yarimta yuklanib qoladi, ba’zan esa butunlay xatolik beradi. O‘shanda uzoq vaqt yuklanmoqda… degan aylanishga qarab o‘tirgan vaqtlarim ko‘p bo‘ldi. Oxirgi daqiqada topshiriq tashlash esa, albatta, yanayam muammo boʼldi. Yana ba’zi joylarda saqlash tugmasini bossam, tizim birdan chiqib ketadi yoki rasm o‘rniga bo‘sh joy paydo bo‘ladi. Rasm sig‘may qolgan holatlar ham bo‘ldi joyini o‘zgartirib turib yana qayta yuklashga majbur bo‘ldim. Meni eng katta qilgan hatolarimdan biri omeka.netga faqatgina items degan joyiga rasm yuklaganman holos. Yaʼni kolleksiya yaratmaganman, maʼlumotlarim kam boʼlib qolgan. Ustoz xatolarimni menga batafsil tushuntirib berdi. Boshida hammasi juda chalkash bo‘ldi, lekin asta-sekin o‘rganib oldim. Endi qayerga bosish kerakligi, toʼliq kolleksiya yaratishni oʼrganib oldim, hammasi tushunarli bo‘ldi. Bir paytlar qiynagan jarayon oxirida ko‘nikmaga aylangani yaxshi bo‘ldi. Hozir omeka.netda bemalol koleksiya yaratib yuklay olaman.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning