“Hindistonliklar va boshqa xalqlar o‘rtasidagi mavjud uzoqlik va begonalikni yanada oshirgan yana bir omil – bu shunday bir diniy jamoaning mavjudligidirki, ular ash-shamaniya nomi bilan mashhur. Bu jamoa brahmanlarga nisbatan kuchli nafrat saqlasa-da, hindlarga boshqa har qanday xalqlarga qaraganda yaqinroq turadi.
Qadim zamonlarda Xuroson, Fars, Iroq va Mosul hududlarida, Suriya chegaralarigacha bo‘lgan yerlarda buddaviylik keng tarqalgan edi. Biroq bu holat Zardushtning Ozarbayjondan chiqib, Balkhda o‘z ta’limotini targ‘ib qila boshlashigacha davom etdi.
Uning diniy ta’limoti G‘ushthasp (Vishtasp)ga ma’qul tushdi. G‘ushthaspning o‘g‘li Isfandiyor esa ushbu ta’limotni sharq va g‘arb mamlakatlarida kuch ishlatish hamda tinch yo‘l bilan tarqatishga kirishdi. U Xitoydan tortib Rim chegaralarigacha bo‘lgan hududlarda otashkadalarga asos soldi.
Keyingi shohlar ushbu dinni Eron va Iroqda yagona hukmron e’tiqod sifatida mustahkamlashga harakat qildilar. Buddaviylar esa ushbu hududlardan chiqib, Balkhdan sharqqa qarab ko‘chishga majbur bo‘ldilar.
Hindistonda hozirgi kunga qadar mazdayasna e’tiqodiga ergashuvchilar – maglar saqlanib qolgan. Aynan shuning uchun ham hindlar Xuroson yurtlariga nisbatan ishonchsizlik va nafrat bilan qaraydilar”
Bu ma’lumotlar Beruniyning O‘rta Sharq, xususan Xurosondagi diniy jarayonlarga bo‘lgan qarashlarini aks ettiradi. Biroq, zamonaviy ilmiy yondashuvlar Beruniyning ayrim fikrlariga zid keladi.
Zardushtiylik buddizmga nisbatan avvalroq paydo bo‘lgan degan qarash hozirgi tadqiqotlarda ustunlik qiladi.
Zardushtning G‘arbiy Eron (Ozarbayjon)dan chiqqani haqidagi g‘oya – kechki sosoniy davrining spekulyativ qarashlaridan biridir.
Aksariyat tadqiqotchilar Zardushtning vatani Siston bo‘lgan, deb hisoblaydilar.
Olovvv💣🔥🔥🔥
ReplyDeleteSirojbek zo'r chiqbdi👍👍
ReplyDeleteRshmat
ReplyDeleteQiziq mavzu qoyil endi eshitdim
ReplyDelete