Skip to main content

Academia.edu haqida...

 Dars paytida ustoz Academia.edu haqida gapirganida menga juda qiyin va murakkab tuyulgandi 😅Lekin ertasi kuni seminarda ustoz: “Ilovani yuklab olinglar” degach, darrov telefonga o‘rnatdim.Ochib ko‘rsam… umuman qiyin emas ekan! 😄Hech qanday muammosiz, tez va oson qilib akkaunt ham ochdim.Keyin ustoz topshiriq berdi:

– Universitetimizdan 5 ta o‘qituvchi

– Tashqaridan 5 ta olim yoki o‘qituvchi

– Guruhimizdan 10 ta kursdoshlar

ularni follow qilishimiz va ular ham bizga follow qaytarishi kerak ekan.Shuni to‘liq bajarganlarga 2 ball qo‘yaman, dedi.Men esa 👀 darrov ishga kirishdim:Avval universitetimizdagi ustozlarga follow bosdim,keyin oldingi seminarlarda ustoz tanishtirgan chet ellik olimlarga,oxiri kursdoshlar bilan bir-birimizni follow qilib chiqdik.

Va eng quvonarlisi…

 Topshiriqni guruhda birinchi bo‘lib bajarib, 2 ballimni oldim (ozgina maqtanib qo‘yay 😁)Hozir esa bu ilova menga juda yoqib qoldi. Harkuni:olimlarningmaqolalari,o‘qituvchilarimizning ishlari, kursdoshlarim joylayotgan materiallar haqida xabarlar kelib turibdi.Shulardan o‘zim uchun foydali va kerakli ma’lumotlarni olib yuribman.Rosti, Academia.edu endi faqat topshiriq uchun emas, balki haqiqiy ilmiy yordamchimga aylanib boryapti.



Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning