Academia.edu nima?
Academia.edu — bu ilmiy maqolalar joylash va ulardan foydalanish platformasi, tadqiqotchilar tarmog‘i (akademik ijtimoiy tarmoq) ilmiy ishlarga bepul kirish imkonini beruvchi servis, mualliflar uchun o‘z tadqiqotlarini targ‘ib qilish vositasi hisoblanadi. Platforma 2008-yilda tashkil etilgan va dunyo bo‘yicha millionlab foydalanuvchilarga ega.
Uning asosiy vazifasi:
ilmiy maqolalarni saqlash
tadqiqotchilar o‘rtasida aloqa o‘rnatish
ilmiy natijalarni tarqatish
muallif ishlari ko‘rinishini oshirish
boshqa olimlarning tadqiqotlariga kirish imkonini berish
Bu ayniqsa:
talabalar
o‘qituvchilar
olimlar
tadqiqotchilar
uchun juda foydali.
Academia.edu’da maqola yuklash (PDF shaklida), referat, dissertatsiya bo‘limlarini joylash, ilmiy kitoblar bo‘laklarini yuklash, ilmiy ishlar bo‘yicha statistikani ko‘rish, boshqa tadqiqotchilarni kuzatish, mavzular bo‘yicha yangi maqolalar olish mumkin. Va bu sayt juda ham qulay.
Platforma sizning ishlaringizni qaysi davlatda nechta odam qaysi mavzu bo‘yicha o‘qiyotganini ko‘rsatib beradi.
Sayt bir qator kamchiliklarga ham ega misol uchun:
ko‘plab materiallar yuklangan, lekin ilmiy tekshiruvdan o‘tmagan bo‘lishi mumkin
to‘liq yuklab olish ba’zan pulli bo‘ladi
premium funksiyalar pullik
jurnal sifat nazorati yo‘q
Academia.edu juda foydali:
referat, kurs va bitiruv ishi mavzularini topishda
ilmiy maqola izlashda
bibliografiya tuzishda
tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyot yig‘ishda
ilmiy aloqa o‘rnatishda
Academia.edu saytida ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Quyidagi bosqichma-bosqich yo‘riqnomaga amal qiling:
Academia.edu saytida ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari
1.Saytga kirish
Brauzer orqali academia.edu saytiga kirasiz.
2.“Sign Up” yoki “Join for free” tugmasini bosing
3. Ro‘yxatdan o‘tish usulini tanlaysiz.
Academia.edu uch xil usul bilan ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beradi:
Google (Gmail) orqali
Facebook orqali
Elektron pochta (Email) orqali
4.Agar email orqali ro‘yxatdan o‘tsangiz:
Quyidagilarni kiritasiz:
Full Name (To‘liq ism – masalan: Yoldoshboyeva Shaxribonu)
Email manzil (masalan: example@gmail.com)
Parol yarating
Keyin “Sign Up” tugmasini bosing
Emailingizga Academia.edu dan xabar keladi:
“Confirm your email”
Ushbu xabardagi linkni bosgandan soʻng akkaunt faollashadi.
6. Profilni to‘ldirish
Sayt sizdan quyidagilarni so‘rashi mumkin:
Universitet nomi
Mutaxassislik (Major)
Ilmiy qiziqishlar (Interests)
Rasmingiz (ixtiyoriy)
Bularni to‘ldirib “Save” bosing va hammasi tayyor boʻladi.
Sizlarga oʻzimning academia.edu saytidagi kontaktimni qoldiraman. Koʻrib izohlaringizni bildiring.
A‘zo bop qoydim
ReplyDeleteRaxmat❤️
DeleteRahmat malumotlar uchun
ReplyDeleteIzoh uchun sizgayam rahmat
Delete🔥🔥🔥🔥
ReplyDeleteZo'r. Ancha yaxshi tushuntirib tahlil qilibsz
DeleteRaxmat
DeleteRaxmat
ReplyDeleteTahlillari zoʻr chiqibdi
ReplyDeleteYaxshi yozibsiz
ReplyDeleteomad
ReplyDelete