Skip to main content

Academia.edu haqida 😎

 Assalomu alaykum! 😎 Bugun sizlarga men Academia.edu platformasiga ro'yxatdan o'tish va undan foydalanish bo‘yicha tajribamni aytib bermoqchiman. Ustozimiz seminar uchun ro'yxatdan o'tish va 5 ta o‘qituvchiga obuna bo‘lish topshirig‘ini berdi. Ro'yxatdan o‘tish juda oson bo‘ldi, bir necha daqiqada hammasi tayyor. Keyin profilimni to‘ldirishim kerak bo‘ldi, ayniqsa “Qiziqishlar sohasi” degan joyiga diqqat qildim, shunda keyin menga kerakli yangi maqolalar haqida xabarnomalar keladi ekan. Men tezlik bilan universitetimizdagi o‘qituvchilarga obuna bo‘la boshladim. Bu jarayon qiziq bo‘ldi, chunki ularning tadqiqot yo‘nalishlarini va profillariga yuklagan yangi ilmiy ishlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldim. Shuningdek, kursdoshlarimizga ham obuna bo‘lish topshirig‘i bor edi, shuni bajarganimizdan keyin ustozimiz seminarda bizga ball ham qo‘ydi. Academia.edu bepul, lekin premium obuna ham bor. Hozircha bepuldan foydalanayapman, lekin kelajakda premium orqali maqolamni kim qidirganini ko‘rish va boshqa imkoniyatlar meni juda qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Seminarga tayyorgarlik qilish uchun qidiruv bo‘limidan mavzuga oid PDF fayllarni topdim. Bu materiallar universitet kutubxonasida yo‘q edi va so‘nggi yillarda chop etilgan yangi ishlar ekan. Shu sababli seminarda javoblarim ancha chuqur va asosli chiqdi. Men acedemia.edu saytidan mana bu rasmdagi ayolning faoliyatini kuzataman

 Bu ayol  Alena Grigorash (Alena Glyvrasin)

MSPU, San’at Instituti, Fakultet a’zosi hisoblanadi. Alena Grigorash san’at tarixi sohasida faoliyat yuritadi. U Moskva Davlat Stroganov Sanoat va Amaliy San’at Akademiyasida 2014 yilda PhD darajasini olgan. Shuningdek, Moskva Davlat Pedagogika Universitetining Filologiya va Chet Tillari Kollejida (2006–2012) va M.V. Lomonosov Moskva Davlat Universitetining Tarix, San’at Nazariyasi va Tarixi bo‘limida (2005–…) magistr darajalarini egallagan. Shu ayolning ilm yoʻli menga judayam yoqdi. Uning ilmiy faoliyati san’at tarixi va nazariyasi, shuningdek pedagogika yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Hozir men ilmiy manbalarga havola berishni ham o‘rganyapman. Shu bilan birga, Academia.edu mening akademik ishlarimning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning