Academia.edu men uchun ilmiy izlanishlar olib borishda juda qulay va samarali platforma bo‘ldi. Bu sayt orqali dunyoning turli universitetlari va tadqiqotchilari tomonidan joylashtirilgan ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, kitoblar va turli ilmiy materiallar bilan tanishish imkoniyati mavjud. Ayniqsa, o‘zim o‘rganayotgan tarix, etnologiya, diplomatiya kabi yo‘nalishlarda kerakli manbalarni topishda Akademia menga katta yordam beradi.
Platformaning eng yaxshi jihati — ilmiy maqolalarni izlash jarayoni tez va tushunarli.
Menga kerakli mavzu bo‘yicha kalit so‘z kiritsam, shu yo‘nalishga doir boy adabiyotlar ro‘yxati chiqadi. Shuningdek, ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘z ishlarining PDF nusxalarini ochiq joylashtirgani uchun ularni to‘liq o‘qish imkoniga egaman.Academia.edu shuningdek olimlar bilan bevosita aloqaga chiqish, ularning yangi ishlari haqida xabardor bo‘lib turish, o‘zimni qiziqtirgan mavzularni kuzatishga ham yordam beradi. Bu esa ilmiy dunyo bilan bog‘liq holda o‘rganishimni yana-da kengaytiradi. Umuman olganda, Academia.edu menga ilmiy izlanishlar, referat, kurs ishi yoki maqola yozishda eng ko‘p foydalanadigan, ishonchli va qulay platformalardan biriga aylangan. Shu sababli men bu saytdan muntazam foydalanaman va uni ilm bilan shug‘ullanayotgan har bir talabaga tavsiya qilgan bo‘lardim.
👏👏👏👏👍👍👍👍👍
ReplyDeleteZoʻr 👏🏻👏🏻👏🏻
ReplyDeleteYahshi omad sizga
ReplyDeleteDoimgidek zor kursdosh
ReplyDeleteRaxmat
Delete