Skip to main content

Academia.edu sayti.

 Academia.edu sayti haqida

Salom do'stlar! Bugun sizlarga Academia.edu degan sayt haqida gapirib bermoqchiman. Bu saytni darsda o'rgandik va o'zim ham ro'yxatdan o'tdim.

Academia.edu nima?

Academia.edu bu olimlar va talabalar uchun maxsus ijtimoiy tarmoq. Bu yerda ilmiy maqolalar, tadqiqotlar va turli ishlanmalar joylashtirish mumkin. Dunyo bo'ylab millionlab olimlar va talabalar bu saytdan foydalanadi.Birinchidan, bu yerda turli mavzular bo'yicha ilmiy ishlarni topish mumkin. Masalan, tarix, adabiyot, biologiya va boshqa fanlar bo'yicha maqolalar bor. Ikkinchidan, o'z ishlaringizni ham joylashtirib, boshqalar bilan bo'lishish mumkin. Bu juda qulay. 

Rõyxatdan õtishda duch kelgan muamolarim



Aytishim kerakki, ro'yxatdan o'tish unchalik oson emas edi. Bir nechta muammo bilan duch keldim:  Ro'yxatdan o'tgandan keyin emailga tasdiqlash havolasi kelishi kerak edi. Lekin mening emailga xat kelmadi. Spam papkasini ham tekshirdim, u yerda ham yo'q. Ikkinchi marta urinishga to'g'ri keldi.Sayt juda ko'p ma'lumot so'raydi. Qaysi universitetda o'qishingiz, qanday mavzular bilan qiziqishingiz, tadqiqot yo'nalishlaringiz va boshqa narsalar. Bularni to'ldirish biroz vaqt oldi.Saytning interfeysi asosan ingliz tilida. Ba'zi so'zlarni tushunish qiyin bo'ldi. Google Translate yordamga keldi albatta. Tasdiqlash jarayoni - Ba'zi bo'limlar faqat universitet emaili bilan kirish mumkin ekan. Oddiy gmail bilan to'liq foydalanib bo'lmaydi. Bu ham biroz chalg'itdi. 

Academia.eduning afzalliklari



Qiyinchiliklarga qaramay, sayt juda foydali. Kerakli maqolalarni topish oson. Boshqa talabalarning ishlarini ko'rish va o'rganish mumkin. Kelajakda o'z ishlarimizni ham shu yerga joylashtirsak, boshqa odamlar o'qib, fikr bildirishlari mumkin. Yana bir yaxshi tomoni shuki, qaysi mamlakat olimi bo'lishidan qat'iy nazar, hamma bir platformada. Xorijiy maqolalarni ham o'qish imkoniyati bor. Academia.edu ilmiy tadqiqotlar uchun juda yaxshi sayt. Garchi ro'yxatdan o'tish biroz qiyin bo'lsa ham, bunga arziydi. Agar siz ham talaba yoki tadqiqotchi bo'lsangiz, albatta ro'yxatdan o'ting. Faqat sabr qiling va barcha qadamlarni diqqat bilan bajaring. 

Umid qilamanki, bu post sizga foydali bo'ldi. Savollaringiz bo'lsa, izohda yozing!

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning