To‘g‘risi, men bu platforma haqida birinchi marta eshitganimda, uni faqat professorlar uchun deb o‘ylagandim.
“Talabaga nima keragi bor bunday murakkab joyni?” deb ham qo‘ygandim ichimda 😅
Lekin bir kuni referat yozish uchun material qidirib o‘tirganimda tasodifan Academia.edu chiqdi.
Ochib ko‘rdim… va shu zahotiyoq fikrim o‘zgardi.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni juda oddiy ekan:
email kiritdim, yo‘nalishimni belgiladim, qaysi mavzularga qiziqishimni tanladim — va shu bilan akkaunt tayyor bo‘ldi.
Keyin qiziqib turli davlatlardagi olimlarning profillarini ko‘ra boshladim.
Ba’zilarining maqolalari ostida odamlar savol berayotgani, izoh qoldirayotgani menga juda yoqdi.
O‘zimni xuddi haqiqiy ilmiy muhit ichida his qildim.
Eng qiziq joyi shundaki:
Men bitta maqolani o‘qib, saqlab qo‘ygandim. Ertasi kuni ilova menga shu mavzuga o‘xshash yana bir nechta ilmiy ishlarni tavsiya qildi.
O‘shanda tushundim: bu shunchaki sayt emas, balki ilmiy yo‘nalishni to‘g‘ri ko‘rsatib beradigan yo‘l xaritasi ekan.
Hozir deyarli har kuni kirib:
✔ yangi maqolalar ko‘raman
✔ muhimlarini saqlab qo‘yaman
✔ o‘zimni qiziqtirgan olimlarni follow qilib boraman
Academia.edu menga shuni ko‘rsatdiki, ilm-fan faqat dars bilan cheklanmas ekan, uni onlayn ham his qilish mumkin ekan.
Oʻziylani fikriylarni bildirib qoʻyarsilar...
ReplyDeleteAjoyib
ReplyDeleteMukammal
ReplyDeleteMalades wagirt
ReplyDeleteAlbatta zoʻr chiqqan🔥😄
ReplyDeleteAjoyib 😅
ReplyDeleteZoʻr
ReplyDelete