Behbudiy kutubxonasida kitobxonga qand choy berilgan
Nomi kitobxonlarimizga yaxshi tanish mohir publitsist, dramaturg, jamoat arbobi va jadidchilik harakatlaridan yetakchilaridan biri boʻlgan Mahmudxoʻja Behbudiy noshirlik, kitobot ishi tashkilotchisi va kitob savdosi bilimdoni sifatida ham ulkan ishlarni amalga oshirgan.
Jumladan, 1913-yilda xususiy nashriyot ochib, uni “Nashriyoti Behbudiya” deb nomlaydi. Kitob doʻkonlari tarmog'ini tashkil etish boʻyicha katta ish olib boradi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Qoʻqon va Namangan shaharlarida kitob doʻkonlari ochadi. Samarqanddagi kitob doʻkoni esa uning oʻz uyida joylashgan edi.
Behbudiy tomonidan Samarqandda ommaviy kutubxonaning tashkil etilishi ham Turkiston madaniy hayotida jiddiy hodisa boʻlgan. Kutubxona Samarqandning oʻsha paytda ruslar yashaydigan qismida joylashgan boʼlib, “Kutxonai Behbudiy”, deb atalgan.
“Kutubxonai Behbudiy” kutubxona vazifasi bilan bir qatorda, kitob savdosiga doir ishlarni ham bajargan. Soddaroq qilib bu yangi tipdagi muassasa kutubxona-doʼkon edi. Mazkur muassaga tashrif buyurgan har bir kishi oʻziga maʼqul boʻlgan kitobni kutubxonaning alohida fondidan sotib olgan.Bu fondda jamlangan kitoblarning bir qismini Behbudiy 1899–1900-yillardagi va 1914-yilgi haj safarlaridan keltirgan. Qolgan kitoblar esa “Kutubxonai Behbudiy” manziliga Peterburg, Qozon, Bogʻchasaroy, Boku, Orenburg shaharlaridan,shuningdek, Eron, Turkiya, Afgʻoniston, Hindiston, Misr, Livandan yuborilar edi. Oʻsha davrda turli mamlakatlardan bunday kitob savdosini uyushtirish oson ish emasdi. Bu kishidan omilkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, keng xalqaro aloqalar va katta moddiy imkoniyatlar talab etardi.
“Oyna” jurnalining 1913–1915 yillarida chiqqan har bir sonida “Kutubxonai Behbudiy”da oʻqishga tavsiya etilgan va kutubxona qoʻshidagi kitob doʻkonida sotilgan adabiyotlar roʻyxatida har safar 70-80-nomdagi kitob va boshqa bosma nashrlar nomi eʼlon qilingan. Har bir nomdagi bosma mahsulot Behbudiyga oʻnlab, baʼzan esa, yuzlab nusxalarda yuborilar edi. “Kutubxonai Behbudiy” fondi va kitob doʻkonidagi adabiyotlarning qariyb uchdan ikki qismini tarixga oid kitoblar tashkil etganligi Behbudiyning tarixini bilishga qanchalik katta eʼtibor berganligini koʻrsatadi. Shuningdek kutubxonada keng va shinam qiroatxona ham tashkil etilgan boʻlib, Behbudiyning nevarasi Nodim Behbudiyning xotirlashicha, kitob va gazeta-jurnallar oʻqish uchun qiroatxonaga tashrif buyurgan har bir kishiga Behbudiyning koʻrsatmasi binoan qaynoq qandli choy berilgan. Behbudiy qand har qanday aqliy, ilmiy mehnat chogʻida miyaga hamda xotiraga quvvat boʻladi deb hisoblagan. Bu esa Mahmudxoʻja Behbudiyning naqadar dilkash, fidoyi inson boʻlganini, bilim va maʼrifatga intiluvchi odamlarga hurmat va eʼtibor bilan qaraganini tasdiqlaydi.


Omad Shahzoda✌️
ReplyDelete🔥🔥🔥
ReplyDelete🔥🔥🔥🔥🔥
ReplyDeleteYaxshi mavzu tanlabsiz🔥
ReplyDeleteJuda zoʻr omad
ReplyDelete