Soʻnggi vaqtlarda Omeka.net platformasida ishlash tajribam ancha boy bo‘ldi. Bu postda men o‘z loyihalarimdan, duch kelgan qiyinchiliklardan, shuningdek Omeka’ning foydali jihatlaridan bahramand bo‘lish tajribamni siz bilan bo‘lishmoqchiman.
Omeka.net - raqamli arxivlar va “onlayn ko‘rgazmalar” yaratish uchun juda mos platforma. U server sozlash, murakkab texnik talablar yoki katta texnik bilimga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun ham qulay.Men ilmiy va tarixiy materiallarni raqamlashtirish va umumiy auditoriyaga taqdim etishni xohlaganim sababli Omeka.net’ni tanladim.
Har bir hujjat, foto yoki matn fayli uchun alohida “item” yaratdim va metadata toʻldirdim. Bu menga har bir eksponatni izchil ravishda tartiblash imkonini berdi.
Loyihadagi materiallarni mavzular bo‘yicha guruhladim (masalan: “Tadqiqot”, “Shaxsiy arxiv”, “Fotosuratlar”), bu esa ularni foydalanuvchi uchun qulayroq koʻrinishga keltirdi.
Omeka’ning ExhibitBuilder plaginidan foydalanib, o‘z materiallarimni yaxshi tuzilgan hikoya shaklida namoyish qildim.
Do‘stlarim va tadqiqotchilar bilan birgalikda ishlash imkoniyati borligi juda foydali bo‘ldi — arxiv ustida hamkorlikda ishladik, sharhlar berdik.
Texnik tajribam cheklangan bo‘lsa ham, interfeys oddiy va intuitiv.



Billur omad zo'r 💥💥
ReplyDeleteYozdim🥲
ReplyDeleteMalades Billura
ReplyDeleteSiz ushbu saytda yana qanday loyihalar yaratmoqchisiz
ReplyDeleteMalades Billuraxon🔥🔥🔥
ReplyDeleteZoʻr
ReplyDeleteQoyiiil
ReplyDelete