Skip to main content

​​Bir ko‘chish tarixidan

VI asr boshlariga kelib, Jujan xoqonligi g‘arbda Balxashdan sharqda Sariq dengizgacha, shimolda Baykaldan janubda Tarim havzasigacha bo‘lgan ulkan hududlarni qamrab olgan edi. Tashqi tomondan hech qanday xavf ko‘zga tashlanmas, jujan xoqonlari Buyuk Ipak yo‘lining bir qismini nazorat qilish orqali boylik orttirishda davom etayotgan edi. Biroq, Oltoy janubida asta-sekin kuchga to‘layotgan yangi kuch jujanlar hokimiyatini VI asr o‘rtalarida ag‘darishga muvaffaq bo‘ladi. Ular Ashina turklari edi.

Ashina turklar dastlab 439 yilda jujanlar tomonidan Oltoyning janubiy hududlariga ko‘chirilgan va uzoq vaqt davomida ular uchun metall eritish bilan shug‘ullangan edilar. Biroq qisqa muddat ichida ular atrofida mahalliy tele qabilalarini birlashtirgan mustahkam ittifoq tuzishga erishdi va o‘zlarining sobiq xo‘jayinlarini muvaffaqiyat bilan tor-mor etdilar. 552 yilda turklar jujanlarga halokatli zarba berishdi; ularning xoqoni Anaquy esa bu sharmandalikka chidolmay joniga qasd qiladi. Ularning o‘rnida Turk xoqonligi tashkil bo‘ldi.

Yangi tashkil etilgan Turklar davlati jujanlar tomonidan xavf tug‘dirilishidan xavotirda edilar va ularni qayerga borsa ham quvlashdi. 555 yilda jujanlarning bir qismi himoya izlab G‘arbiy Vey (Xitoy) davlatiga qochdi. Ammo u yerning imperatori turklar ittifoqchisi edi: u kelgan jujanlarni qo‘lga olishni va dashtlarning yangi hukmdorlariga topshirishni buyurdi. Turklar Changan (hozirgi Sian) shahrining sharqiy darvozasi oldida uch ming jujan erkagini omma oldida qatl etdilar.

Jujanlarning boshqa bir guruhi esa bu achchiq taqdirni sinab ko‘rmaslik uchun g‘arbga qarab yanada uzoqqa qochdi.

Turklardan yengilganidan keyin oradan ikki yilcha o‘tib, jujanlar G‘arbiy Qozog‘iston dashtlariga yetib boradilar va 557 yilgacha shu yerda yashaydilar. So‘ngra ular Volgani kechib o‘tib, Shimoliy Qora dengiz bo‘ylariga yo‘l olishadi va bu yerda anflarni (slavyan qabilasi) yengib, ularni va ba’zi kechgi hunn qabilalari hamda boshqa slavyan guruhlarini ba’zida kuch bilan, ba’zida diplomatik yo‘l bilan bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘lishadi.

Jujanlarning ajralib chiqqan  ushbu qismi tarixda yangi nom bilan taniladi — Avarlar, ularning tarixda ma’lum bo‘lgan birinchi xoqoni esa Bayan nomi bilan tanilgan. Turklarning g‘arbda ya‘ni yevropaga yaqin joyda davlat qurishi aynan shu Avarlar davlati bilan bog‘liq.


Comments

  1. Doimo shunday yangiliklar qilishda davom eting, zooo'r👍👍👍🔥

    ReplyDelete
  2. Yaxshi yangilik ochigʻi hamma postlarni oʻqib chqidim

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning