Men MOXT yoʻnalishi 2-kurs talabasi Ozodova Dilnura - Raqamli tarix fanida o‘tayotgan darslarimiz davomida turli xil onlayn platformalar bilan tanishdim va ularda amaliy ishlashni sinab ko‘rdim☺️. Shu amaliy qoʻllash jarayonida har bir saytning o‘ziga xos maqsadi bor ekanligi ularning tarixiy manbalarni tahlil qilishda, saqlashda yoki ulardan foydalanishda o‘ziga yarasha qulayliklari borligini bilib oldim.Dastlab ayrimlari tushunarsiz tuyulgan bo‘ls-da vaqt o‘tishi bilan har birining vazifasini oʻrganib oldim. Bilmaganlarimni tushunmagan yerlarimni kursdoshlarimdan soʻradim va ular qanday ishlashini yaxshiroq tushuntirib berishdi😎. Oʻrgangan platformalarim ichida Vayant tools matnlarni tahlil qilishda men uchun judayam foydali boʻldi:kalit soʻzlar diagrammalar, matnlar statistikasi bularning barchasi tarixiy manbalarni tahlil qilishimda tarixiy ahamiyatga ega boʻldi. Academia.edu orqali ilmiy maqolalar topish, olimlarning ishlari bilan tanishish imkoniga ega boʻldim.
Lekin shular ichida Blogger.com men uchun eng qulay va yoqqan platformalarimdan biri boʻldi🥳 Bu platforma orqali post yozish postni rasmlar bilan boyitish sahifaning koʻrinishini sozlash mumkin. Bularning barchasi men uchun oddiy va tushunarli boʻldi. Bundan tashqari, bu platforma orqali oʻz fikrimni erkin ifoldalashim, kichik maqolalar yozishim mumkin. Blogger.com ning eng yaxshi tomonlaridan biri bu muloqot imkoniyati. Boshqa foydalanuvchilarning bloglarini oʻqish, ularni postlariga izoh qoldirish, men yozgan postlarga yozilgan komentlarni koʻrishim mumkin. Ayniqsa shu guruhimiz talabalari bu platformaga mos post joylayotgani ,bir birining fikriga munosabat bildirayotgani menga judayam yoqdi. Bu platforma shunchaki post yozish uchun emas, balki oʻzaro fikr almashish,bahs munozara yuritish imkoniyatini ham beradi.💯
Umuman olganda, oʻrgangan va oʻrganayotgan platformalarim orasida menga yoqqan va oʻziga yarasha foydali boʻlgani aynan Blogger.com boʻladi. Kelgusida ham bu platformada faol boʻlishni yangi, qiziqarli va foydali malumotlarni joylab borishga harakat qilaman☺️. Bunday amaliy mashg‘ulotlar bizga nafaqat raqamli tarix haqida malumot beradi, balki shu kompyuterda ijodiy va samarali ishlar qilishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam Blogger.com vaqtni tejaydigan, sodda, ishonchli va keng imkoniyatlarga ega platforma hisobanadi. Blog yuritishni endi boshlayotganlar uchun ham, tajribali kontent yaratuvchilar uchun ham mos keladi.


Yaxshi fikir
ReplyDeleteO'qib chiqdim barchasi ajaoyib lekin bir joyida imloviy xatolik bor ekan uni chech kim payqamaydi lekin
ReplyDeleteSizda ham imloviy hato topdim izohizdan.😁😁
DeleteJuda ham ajoyib yondashuv bo'lgan ushbu tayyorlagan ishingiz men uchun foydali bo'ldi, zo'r
ReplyDeleteYaxshi 👍👍👍
ReplyDeleteZor chiqibtu
ReplyDelete👍👍
ReplyDeleteThis comment has been removed by the author.
ReplyDeleteBu safar saviyali yaxshi mavzuda yozgansiz biroq bloggerda eng koʻp muhokamaga sabab boʻlgan post meniki edi. Xoʻp bilaman oʻziz haqizda ogʻir va toʻgʻri gaplar yozilgani uchun kiritmagandirsiz lekin bu haqiqat edi... Bu post ajoyib ammo imloviy xatollar koʻp shuni turmasangiz yaxshi baho chiqadi
ReplyDeleteZoʻr
ReplyDelete