Bizga raqamli tarix fani 3-semestr uchun majburiy fan sifatida qo'yildi. Biz bu fanda umuman boshqa mavzular o'tilishini kutgandik ya'ni raqamli qurilmalar tarixini o'rgansak kerak deb o'ylagandik.
Birinchi darsni o'zidan fikrimiz xatoligini tushunib yetdik. Bu darslarda biz har xil saytlardan foydalanishni o'rganyapmiz. Masalan bugun darsga yugurib shoshib, ustoz NB qo'yi qo'ymasinlar qizilga tushib ketmaylik deb 15 tacha kursdoshimiz bir vaqtda 8'30 lar atrofida metrodan chiqdik;hech kim birbiriga qaramasdan 1-auditoriyaga qarab shoshilib ketyapdi. Hamma birbirini ko'rib turibdi lekin salom alik qilibvaqtni ketgazmaslik uchun ko'rmaganlikka olishyapdi shular orasida o'zim ham bor😁. Auditoriyaga kirganimizda yaxshiyamki ustoz hali yo'qlama qilmaganlar ekan.To'g'risi bugun eng yaxshi dars bo'ldi deb o'ylayman. Xullas shu ustoz o'rgatgan saytlardan biri bu Blogger.com bo'lib bizni ya'ni MOXT 4ta guruh o'z postlarini joylashi uchun ustoz guruh yaratib berganlar. Undan ro'yxatdan o'tish ham biram qiyin bo'lgane,aynan meni akkauntim o'tmay qolgan😞, keyin yaxshiyamki kursdoshlarim yangi akaunt ochib berishda,bo'lmasa bilmadim qob ketgan bo'lardim balki. Ustoz chunki baholarni shu postlarga ham qarab qo'ydilarda.Menga eng yoqqan sayt shu bo'ldi, chunki omeka,vooyant.tools saytlari g'irt bosh o'g'riq edi.Bu saytda esa kursdoshlarimni postini o'qish qiziqarliroq.Bitta kursdoshim o'zini dardini yozsa, bittasi o'zini hayotini yozib joylagan, ya'na biri esa ertak to'qib yozgan😑. ba'zi kursdoshlarimizni postini xatto ustoz ham o'qib ko'ribdilar va o'zlarini fikrlarini bildirganlar. Bu saytda eng qiyin masala manimcha komment yozishlari kerak bo'lsa kerak. Hamma post joylab kamida 8ta guruhga comment yozing iltimos deb xabar jo'natadi, shunga qaramasdan 7 ta dona comment yig'a olishmaydi ba'zilari😁.ustoz CHATGPT dan foylanmanglar o'zlaring yozinglar degani uchun hamma qo'lda yozishga harakat qilyapdi majburligidan, bahosi tushib ketmasligu uchun, bo'lmasa hamma shu chatGPT dan ko'chirib yozib qo'yaverardi. lekin qo'lda yozishni ham foydalari ko'p ekan, shu bahona ko'pchilikni ichidagi gaplari chiqib kelib chiqyapdi. Bloggerning menga yoqqan birinchi jihati - oddiyligi. Agar kimdir blog yuritishni endi boshlayotgan bo'lsa, murakkab tizim ularni qo'rqitishi mumkin. Lekin Blogger da manyular, sozlamalar, dizayn variantlari juda oson va tushunarli. Hatto men birinchi marta kirganimdayoq, hechkim yordam so'ramasdan blogni to'liq sozlab oldim; sahifa fonini o'zgartirdim ranglarini tanlasa bo'larkan.Yana bir katta afzalligi - Google bilan to'liq integratsiya qilingan. Masalan men blogimga rasm yoki video joylamoqchi bo'lsam, uni Google Photos'dan osongina yuklab olaman. Blogger Analytics bilan ham mos keladi, shuning uchun blogimni kimlar ko'ryapti qaysi davlatdan, qaysi mavzu ko'ryapti, qaysi davlatdan, qaysi mavzu ko'proq o'qilayotganini kuzatishim mumkin.Bu statistikalar menga keyingi postlarimni yanada yaxshi rejalashtirishga yordam beradi.https://www.blogger.com/blog/posts/2148988499304692063
Sirlarni ochib tashash shart mas edi😂
ReplyDeleteZerikdimda
DeleteIchimdagi dardlarim deb qoʻyish kk edi
ReplyDeleteHammani dardi
DeleteZoʻr
ReplyDelete