Skip to main content

Blogger.com sayti va bizning "raqamli tarixchi moxt 2025" guruhimiz


Salom hammaga! Bugun sizlarga Blogger.com sayti va bizning guruhimiz haqida gapirib beraman.

Blogger.com nima?

Blogger.com bu Googlening blog yozish platformasi. Bu yerda har kim bepul blog ochib, turli mavzularda postlar yozishi mumkin. Google akkaunti bilan darhol boshlash mumkin.

Bizning "Raqamli tarixchi" guruhimiz



Biz raqamli tarix fanini o'qiyapmiz va Blogger.com da "Raqamli tarixchi" degan guruh blogimiz bor. Bu umumiy blog bo'lib, barcha guruh a'zolari bu yerga post joylashtira olamiz. Har birimiz turli mavzularda postlar yozib, blogni boyitamiz. Kimdir tarixiy shaxslar haqida yozadi, kimdir yangi o'rgangan saytlar haqida. Men Academia.edu va Omeka.net haqida postlar joyladim. Har kim o'z qiziqishiga qarab yozadi va bir-birimizning postlariga izoh qoldiramiz.


Blogger.com bilan ishlashda qiyinchiliklar

Blogger.com boshqa saytlarga qaraganda osonroq bo'lsa-da, baribir ba'zi qiyinchiliklar bo'ldi: Blogning ko'rinishini o'zgartirish biroz murakkab. Ranglar, shriftlar va tartibni sozlash kerak edi. Matnni chiroyli qilish uchun sarlavhalar, qalin yozuv va ranglar bilan ishlashni o'rganish kerak bo'ldi. Rasmlarni to'g'ri o'lchamda va to'g'ri joyga qo'yish qiyin edi. Bir nechta odam bitta blogga post qo'yayotganda ba'zi chalkashliklar bo'ldi. Har bir postga teglar qo'yish kerak, aks holda keyinchalik topish qiyin.




Yaxshi tomonlari

- Mutlaqo bepul

- Google bilan oson bog'lanadi

- Guruh bilan ishlash qiziqarli

- Izohlar orqali muhokama qilish mumkin.

Blogger.com juda foydali platforma va bizning "Raqamli tarixchi" guruhimiz bu platformadan yaxshi foydalanmoqda. Har birimiz o'z hissamiz bilan blogni boyitamiz va ko'p narsa o'rganamiz.



Comments

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning