Skip to main content

"blogger.com" yoxud saytdagi postlarim "

Aniq eslayman juma kuni bizga raqamli tarix fanidan seminar mashgʻulotlari sifatida belgilangan kun. Ustoz bizga ushbu saytda roʻyxatdan oʻtish 5 post yozish va 7 ta comment yozishni oraliq topshirigʻi sifatida bergan edilar.


Ustoz bu vazifani bir necha darsdan beri takrorlab kelayotgan edilar. Lekin biz bunga juda unchalik ham parvo qilmasdan jiddiy qaramagan edik. Nihoyat oʻsha kun yetib kelgan edi. Roʻyxatdan oʻtish bu jarayonda menga ushbu vazifani allaqachon muvaffaqiyatli uddalashgan kursdoshlarimiz Kamron va Shoxruh yordam berishdi. Birinchi yangi Google hisobi yaratdik. Keyin navbat soʻralgan maʼlumotlarni kiritish va roʻyxatdan oʻtkazishga edi.

Eng qiynalgan vazifamiz URL adres kirgizishda edi. Har qancha harakat qilmaylik. Sayt qabul qilmas edi. Uni ham bir amallab oʻtib oldik. Keyin Gmail ni ustozga yuborishimiz kerak edi. Undan keyin ustoz bizni guruhimizga tegishli blogga qoʻshishlari mumkin boʻlardi. Va biz shundan keyingina comment yozolardik. Buni ham bajardik. Men postlarimda boshimdan oʻtgan muammolar, kamchilikka yoʻl qoʻyganlarim, xatolarimni va yutuqlarimni shaffof tahlil tanqid ohangida yozib borishga harakat qildim. Bu postlardan asosiy maqsadim shuki men qilgan xatolarimni, yoʻl qoʻygan kamchiliklarimni boʻlishish orqali ularni bundan saqlab qolish va ularga yordam berishdir. Lekin men postlarimda oʻzim qiziqqan shaxslarning faoliyatini yozib borishga harakat qildim.  

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning