Blogger.com– Google kompaniyasiga tegishli bo‘lgan, internetda bepul blog yuritish imkonini beruvchi eng qulay va ommabop platformalardan biridir. Ushbu servis 1999- yilda Prya Labs tomonidan yaratilgan bo‘lib, 2003- yilda Google tomonidan sotib olinganidan so‘ng yanada keng rivojlandi. Blogger.com bugfoydalanuchi ungi kunda dunyoning ko‘plab foydalanuvchilari uchun shaxsiy fikrlarini bildirish, maqolalar bildirish , ijodiy ishlanmalarni joylashtirish yoki biznes bloglarini yuritishning eng sodda yo‘llaridan biri hisoblanadi.
Blogger.comning asosiy afzalliklaridan biri shundaki , u mutlaqo bepul va foydalanish uchun faqat Google akkauntning ozi yetarli. Foydalanuvchi tizimga kirishi bilan blog ochish jarayoni bir necha daqiqada amalga oshadi. Blog uchun nom tanlanadi. Unga mos internet manzili domen beriladi. Xoxlagan foydalanuvchi o‘z blogiga shaxsiy domen ulash imkoniga shaxsiy domen ulash imkoniyatiga ham ega bo‘lib , bu blogning yanada proffessional koprinishini ta'minlaydi.
Blogger.com dizayn tarafidan ham juda qulay. Platfotrma bloglar uchun ko‘plab bepul shablonlarni taqdim etadi. Har bir shablonni foydalanuvchi o‘z ehtiyojiga moslab, o‘zgartirishi, ranglar, shriftlar, sahifa joylashuvi, vidjetlar kabi elementlarni istalgancha sozlashi mumkin. HTML va CSS kodlarini biladigan foydalanuvchilar esa blogni yanada chuqur darajada tahrirlash mumkin . Bu Blogger ni yangi o‘rganuvchilar uchun ham, tajribali dasturchilar uchun ham qulay platformaga aylantiradi. Blogger.comning yanada afzalligi — Google xizmatlari bilan to‘liq integratsiualashgandir. Masalan, blok postlariga rasmlar qo‘shishda Google photos dan foydalanish , tahliliy ma'lumotlar uchun Google Search Console bilan bog‘lash juda oson. Foydalanuvchilar AdSense dasturi orqali bloglariga reklama joylashtirib daromat topishlari ham mumkin.
👏👏👏
ReplyDelete