Skip to main content

Buxoro Arki

ArkO‘rta Osiyo ko‘hna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qal’aband o‘rda. Yozma tarixiy manbalarda ,,Ko‘handiz’’, “Diz’’, “Koh’’, “,Qasr’’, “,Qal’a’’, “Hisor’’ nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus yaratilgan baland do‘nglik ustiga qurilib, atrofi baland devor bilan o‘ralgan, bir yoki ikki darvozasi bo‘lgan.

Ark ichida podshoh va amirlarning, amaldor va lashkarboshilarning uy-joylari, davlat devonlari, zarbxona, masjid, sardoba va boshqa binolar bo‘lgan. Ko‘hna Ark tashqi qal’aband devorlari. ichkaridagi serhasham saroy binolari saqlanib qolgan.Eng ko‘hna madaniy meros ob’yektlaridan biri Ark qal’asi bo‘lib u qadimdaBuxoro shahrining markazi hisoblangan. Buxoro Arki milodning boshlarida qurila boshlanib, XVI asrda Shayboniylar sulolasi davrida ansambl holiga kelgan. Narshaxiy o‘zining “Buxoro tarixi” asarida Buxoro Arkining bino etilishi haqida quyidagi fikrlarni bayon etadi. Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr buning ajoyabotlari haqida to‘xtab, shunday deydi: Abu Hasan Nishopuriyning «Xazoin ul-ulum»da aytishicha, Buxoro qo‘handizining, ya’ni Buxoro Arki hisorining bino etilishiga mana shu (voqea) sabab bo‘lgan: Siyovush ibn Kaykovus o‘z otasidan qochib Jayhun daryosidan o‘tib, Afrosiyobning oldiga keldi. Afrosiyob uni yaxshi qabul etdi va o‘z qizini unga xotinlikka berib, aytishlaricha, barcha mulkini ham unga topshirdi. Bu viloyat o‘ziga vaqtincha berib qo‘yilgan joy ekanligi tufayli, Siyovush bu yerda o‘zidan bir yodgorlik qoldirishni istadi. Shunday qilib, u Buxoro hisorini bino qildi va ko‘proq vaqt o‘sha joyda turar edi. (Kimlardir) u bilan Afrosiyob o‘rtasida yomon gap yurgizdi va (natijada) Afrosiyob uni o‘ldirdi hamda ana shu hisorda sharqiy darvozadan kiraverishingda «Darvozayi g‘uriyon»  deb atalgan somonfurushlar darvozasining ichkarisiga dafn etdilar. Shu sababli Buxoro otashparastlari o‘sha joyni aziz tutadilar va unga atab har bir erkak kishi har yili navro‘z kuni quyosh chiqishidan oldin o‘sha joyda bittadan xo‘roz so‘yadi.  Buxoro aholisining Siyovushning o‘ldirilishiga bag‘ishlab aytgan marsiyalari bo‘lib, u barcha viloyatlarga mashhurdir. Kuychilar unga moslab kuy tuzganlar va qo‘shiq qilib aytadilar. Qo‘shiqchilar uni «otashparastlar yig‘isi» deydilar. Bu gaplar bo‘lganiga hozir uch ming yildan ortiqroq vaqt o‘tdi. Shunday qilib, mana shu rivoyatga ko‘ra bu hisorni Siyovush bino qilgan, ba’zilari esa Afrosiyob bino qilgan deganlar. (So‘ng) bu hisor buzilib ketib, ko‘p yillar vayronligicha qoldi’’.  VII asrda Buxoro hokimi Bidun vayrona holiga kelgan Arkni qayta tiklatgan. Bidun Buxorxudot taxtga o‘tirganidan keyin, odam yuborib bu hisorni tuzattirdi, undagi qasrni ham u tuzattirdi va o‘z nomini temirga yozdirib qasrning eshigiga mahkam o‘rnattirdi. Shu xat bitilgan temir tarjimonning zamonigacha o‘sha qasr  eshigida mavjud edi. Lekin Ahmad ibn Muhammad ibn Nasrning aytishicha, Hisorni vayron qilganlarida u eshikni ham buzib yuborganlar. Ahmad ibn Muhammad ibn Nasrning aytishicha, Muhammad ibn Ja’far va Abu Hasan Nishopuriy bunday deganlar: Bidun Buxorxudot u qasrni bino qilganida buzilib ketdi, qaytadan bino qilgan edi, yana buzildi. U necha marta bino qilmasin yana vayron bo‘laverdi. Hukamolarni yig‘ib ulardan maslahat so‘radilar. Ular bu qasrni osmondagi etti qaroqchi yulduzlari shaklida yettita tosh ustun ustiga qurishga qaror qildilar; shu shaklda (qurilgandan keyin) qasr buzilmadi. Yana bir ajoyibi shuki, bu qasr bino qilingandan beri bunda hayot kechirgan hech bir podshoh mag‘lubiyatga uchragan emas, aksincha,hamisha g‘alaba qozongan. Yana bir ajoyibi, bu qasrni bino qilganlaridan beri na kofirlar davrida va na islomiyat davrida — biror podshoh ham uning ichida o‘lmagan; podshohning ajali yetgan vaqtda biror sabab yuz berib u qasrdan tashqariga chiqqan va boshqa bir joyda vafot topgan —bu qasr bino qilinganidan to vayron bo‘lgunicha shunday bo‘lib kelgan. Xuddi shunday ma’lumotlar, Ark qal’asi to‘g‘risida birinchi yozuvlar Abu Baxr Narshaxiyning (899-939-yillar) “Buxoro tarixi” kitobida ham uchraydi. O‘sha davrda Ark oldida katta maydon – registon, uning atrofida savdogar va zodagonlarning yuzlab qo‘rg‘onlari bo‘lgan. Hokim va uning qarindoshlari qo‘rg‘oni yonida asosiy shahar–shahriston joylashgan. Ko‘plab me’moriy yodgorliklarni o‘zida jamuljam etgan ko‘hna Ark qal’asi ko‘p asrlar mobaynida amirlikning qarorgohi bo‘lib kelgan. Bu yerda amir, uning bosh vazirlari, harbiy boshliqlar, amirning ko‘p sonli xizmatchilari yashaganlar. Ark qal’asida hukmdorlar uchun saroy, ko‘rinishxona, masjid va turar joy binolari bunyod etilgan. Ark qal’asi baland mustahkam peshtoq bilan ulug‘langan. Registon maydonining salobati hokimiyatning buyukligini ko‘rsatgan, uni bosib olish mumkin emaslik belgisini bildirgan. Uning devorlari tevaragida shahriston joylashgan. Shahristonni savdo hunarmandchilik maskani – rabot qurshab turgan. Ark qal’asida Rudakiy, Firdavsiy, Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Umar Xayyom singari ulug‘ insonlar yashab ijod qilganlar. Ark to‘g‘risida Abu Ali ibn Sino quyida keltirilgan fikrni bildirgan: “Men bu yerdagi kutubxonada shunday kitoblarni topdimki, ularni avval ko‘rmaganman va umrimda boshqa ko‘rmadim ham. Men ularni o‘qidim va shundan keyin har bir olimning o‘z fani bo‘yicha o‘rnini angladim. Mening oldimda fanlarning tubidagi shunday eshiklari ochildiki, men ularni tasavvur ham qilolmasdim. Arkdagi kitobxonaning keyingi taqdiri sirbo‘lib qolgan. Kutubxona janglardan birida talab ketilgan bo‘lsa ajab emas”, degan ma’lumotlar bor.       

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning