Skip to main content

Byuokratik tendensiyaga aylangan konferensiyalar

Ilmiy Konferensiyalarning Byurokratik Teatrga Aylanishi: O‘zbekistonda Oliy Ta’limning Tanqidiy Tahlili.

2025-yil 27-sentabrda men “Islom Sivilizatsiyasi va Zamonaviy Davlat: Diniy va Dunyoviy Dialogining Yangi Asoslari” deb nomlangan ma’ruzamni “Sivilizatsiyalararo Muloqot: Tarixiy Tajriba va Zamonaviy Xalqaro Munosabatlarda Falsafiy Yondashuvlar” konferensiyasida taqdim etish uchun taklif etildim. Tadbir Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan tashkil etildi. Afsuski, ilmiy almashinuv maydoni bo‘lishi kerak bo‘lgan ushbu konferensiya, men uchun O‘zbekistondagi akademik hayotning naqadar byurokratiya, tadbirparastlik, ritualparastlik va shaklparastlikka aylanib qolganini tasdiqlovchi voqea bo’ldi. 

Konferensiya rejadagi ishini davlat tomonidan tayinlangan diniy masalalar bo‘yicha maslahatchi Muzaffar Kamilovning kechikishi sababli bir soatdan ortiq kech boshladi. Bu akademik yig‘ilishning asosiy tamoyillaridan birini tubdan buzishdir. Konferensiyalar olimlar va ilmiy g‘oyalar uchun xizmat qilishi lozim siyosatchilar yoki byurokratlar uchun emas. Bir davlat rasmiysining tashrifi butun boshli akademik guruh – ko‘plab taqdimotchilarning tayyorgarligidan ustun qo‘yilishi, O’zbekistonda akademiya hokimiyatning ramziy namoyishlaridan keyingi o‘rinda turishini ochiq va baralla ta’kidladi.  

Akademik konferensiyaning tamoyillari keng e’tirof etilgan: sessiyalar belgilangan vaqtda boshlanishi va tugashi, moderatorlar har bir taqdimotchiga belgilangan vaqtni ta’minlashi lozim. Har bir ishtirokchining teng imkoniyatga ega bo‘lishi juda muhim, chunki olimlar tadqiqotlariga uzoq vaqt va juda ko’p kuch sarflaydi. Konferensiyalar tanqidiy fikr almashish, hamkorlik va muloqot uchun bo‘lishi kerak, cheksiz monologlar uchun emas. Nihoyat, konferensiyalar siyosiy aralashuvdan mustaqil, ilmiy tadqiqotlarni sinash, muhokama qilish va takomillashtirish maydoni bo‘lishi lozim.

Mazkur konferensiyada bunday elementlar namoyon bo’lmadi. Taqdimotchilar podiummonopoliya holatini kuzatdilar, jadval buzildi, ishtirokchilarning esa “ilmiy konferensiya” deb nomlangan yana bir teatrdan hafsalasi pir bo’ldi. Mazmunli muhokama va ilmiy almashinuv o‘rniga marosimiy nutqlar va byurokratik rasm-rusumlar o’tkazilib berildi. Bu konferensiya shunchaki kichik tashkiliy xato emas; bu O‘zbekiston oliy ta’limidagi tizimli muammo belgisidir. Ko‘pincha konferensiyalar bilimni chuqurlashtirish emas, byurokratik “shartlarni bajarish” uchun tashkil etiladi. Universitetlar rasmiy homiylik, marosimiy chiqishlar va grandioz nomlar bilan tadbirlar o‘tkazishga majbur qilinadi, ammo mazmun — ilmiy dialog, tanqid va yaratuvchanlik e’tibordan chetda qoladi. Natijada esa mablag‘ va vaqt isrof bo‘ladi xolos.

Akademik konferensiyalar asl maqsadi yangi tadqiqotlarni bo’lashish, g‘oyalarni sinash va fanlararo aloqalarni mustahkamlash bo’lmog’i kerak. Ular munozaralarni keltirib chiqarishi, argumentlarni ravshanlashtirishi va bilimlarni rivojlantirishi lozim. Bu maqsadlar chetda qolib, yuqorida tilga olingan konferensiyadagi kabi ko’p hollarda natija ilm-fan emas, spektaklga qaratiladi. 

Bu faqat tashkiliy nomukammalik belgisi emas, bu O‘zbekistondagi oliy ta’limining sifatini ko’rsatib beruvchi faktdir. Universitetlar va Vazirlik birgalikda tashqi ko‘rinishga ustunlik berib, intellektual ishtirokni e’tibordan chetda qoldirsa, akademiyaning asosiy missiyasi buziladi. Konferensiyalar tanqidiy fikr inkubatori emas, marosimiy mashqlar darajasiga tushadi. Akademik faoliyatni siyosiy bayonnomalarga bo‘ysundirish takroriy ravishda ilmiy tadqiqot, munozara va tanqidiy izlanishni e’tiborsiz qoldiradi.

O‘zbekistonda oliy ta’limning taraqqiy etishi uchun konferensiyalarning asl maqsadi qayta ko’rib chiqilishi lozim. Ilmiy maydon byurokratik qaramlikdan tozalanishi, professional tashkiliy standartlar joriy etilishi va tadqiqotlarning qadr-qiymati ramziy ko‘rinishlardan ustun qo‘yilishi kerak.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning