Skip to main content

Erix Mariya Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romanidan iqtiboslar

 Erix Mariya Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romanidan iqtiboslar

         Mazkur asarda birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar orqali urush dahshatlarini boshdan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chil-parchin bo‘lgan butun bir avlodning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan. Remark jahannam suratini, butun bir avlodni parchalagan jang qiymalagachini tasvirlashga harakat qilgan.


         Faqatgina harbiy kasalxonada urush nima ekanligini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz.

         Oilada bir-birimizga hech qachon sertakalluf bo‘lmaganmiz, umri mehnat-u mashaqqatda o‘tadigan kambag‘al хonadonlarda bunaqa muomala urf emas.

          Agar hamma bir xil bo‘lganida, dunyoda urush bo‘lmasdi.

          Urush e’lon qilishdan oldin umumхalq sayli uyushtirilishi kerak, хuddi buqalar jangi tomoshasida bo‘lganiday, musiqa chalinib, chiptalar sotilishi lozim. Keyin dushman mamlakatlarning vazir va generallari maydonga tushib, bir-birlari bilan olishishsin. Kim yengsa, o‘sha mamlakat g‘olib chiqqan deb hisoblanadi. Shunda adolatli ish bo‘ladi. Hozir-chi? Mutlaqo notanish odamlar bir-birlarini o‘ldirib yotishibdi.

          Biz bolalar, donishmandlar, keksalar kabi yolg‘izmiz, shavqatsiz, g‘amgin va yengiltabiatmiz – menimcha, biz hayotdan umidimizni uzganmiz.

           Men muallifning barcha asarlarini sotib oldim. Axir men puxta havaskor edim, shu bois tanlangan asarlar menda ishonchsizlik uyg‘otdi – agar nashriyotlar eng yaxshi asarlarni tanlay olmasa, unda nima bo‘ladi? Shuning uchun men barcha asarlarni xarid qildim.

           Qo‘limiz – tuproq, vujudimiz loy, ko‘zlarimiz – halqob. O‘likmizmi, tirikmizmi – bilmaymiz.

           Dunyodagi eng qabih pastkashlik – jonivorlarni urushga haydash!

Kishi tanho qolganda tabiatdan yupanch qidiradi.

Taqdirga tan berib qo‘yganingda barcha azoblarga chidash mumkin, lekin ular haqida hadeb o‘y sursang, bu o‘ylar seni adoyi tamom qiladi.


          Men fikrlarimni olis davrga yetkazishga harakat qilaman. Axir u hamon shu yerda, mana shu xonada, men buni darhol his qildim – devorlar uni saqlab qolgandi.

Biz ortiqcha beparvo emasmiz, balki dahshatli darajada loqaydmiz.

         Urushga ketayotganimizda shunchaki askarlarmiz, goho g‘amgin, goho quvnoq kayfiyatda bo‘lamiz. Lekin front chegarasiga yetib borishimiz bilanoq yarim odam, yarim hayvonga aylanamiz.

          Biz shafqatsiz, hech kimga ishonmaydigan, qahri qattiq, qasoskor, qo‘pol bo‘lib qoldik. Aslida shunday bo‘lganimiz ham yaxshi: bu bizga yetishmayotgan fazilatlar edi.

          Shiddatli otishma. Dushman yo‘lini to‘suvchi o‘t. O‘q yomg‘iri. Mina. Gaz. Tanklar. Pulemyotlar. Qo‘l granatalari. Bu so‘zlar og‘izning bir chekkasidan chiqib ketadi, ammo shularning dastidan insoniyat ozmuncha aziyat chekdimi!

Davlat va vatan bir-biridan butkul farq qiladigan tushunchalar hisoblanadi.

          Men yoshman – endigina yigirmaga kirdim, lekin ko‘rganlarim qon, o‘lim, qo‘rquv va mudhish azob-uqubatdan iborat nursiz, bemaqsad hayot bo‘ldi. Kimdir bir xalqni ikkinchisiga gij-gijlaydi, odamlar birovning irodasiga bo‘ysunib, bir-birini o‘ldiradi, lekin jinoyat qilayotgani va gunohga botayotgani haqida o‘ylamaydi. Insoniyatning eng dono vakillari yangi-yangi qurollarni yaratadi va buni oqlash uchun qop-qop so‘z topadi. Jazosini biz tortamiz, yer yuzidagi jamiki tengdoshlarim tortadi.


          Metin yoshlar! Yoshlik! Hali hech birimiz yigirma yoshdan oshmaganmiz. Ammo biz yoshmizmi? Nahotki biz yoshlarmiz? Ancha vaqt ilgari shunday edi. Hozir biz keksa odamlarmiz.

Eng muhimi, men yolg‘iz qolishni yaxshi ko‘raman va hech kim meni bezovta qilmaydi.

          Biz boshqacha mulohaza yuritishni unutib qo‘ydik, negaki boshqa barcha fikrlar soxtadir. Biz faqat faktlarga ahamiyat beramiz, faqat shu biz uchun muhim bo‘lib qolgan.

           Mo‘jizalarni kutib yashaysan, keyin barchasi bir bo‘lak non ustida paydo bo‘ladi.

            Faraz qilaylik, biz tirik qolamiz; lekin biz yashaymizmi?

Urush sababchi bo‘lgan yagona yaxshi narsa – do‘stlik!


         Urush bizni qadrsiz odamlarga aylantirdi.

1918-yilning oktyabrida, butun front bo‘ylab sokinlik hukm surayotgan paytda u halok bo‘ldi, harbiy aхborotlar bittagina jumladan iborat edi: “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”.


https://youtu.be/FRBqqx2ODko?si=iHs-DdEM2a5nCNyB



Comments

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning