Skip to main content

Etnotsentrizm Markaziy Osiyoda

Tarixiy ildizlar va Etnotsentrizm — bu o‘z etnik guruhini boshqa guruhlardan ustun qo‘oyish, o‘z madaniyatini “mezon” sifatida ko‘rish holatidir. Masalan konlonializm davridagi Yevropasentrizim xuddi shu misolga tushadi. 

Etnotsentrizm ijtimoiy psixologik hodisa sifatida har qanday jamiyatda mavjud bo‘lishi mumkin, ammo ko‘p millatli, tarixan mozaik shakllangan mintaqalarda, xususan Markaziy Osiyoda bu hodisa alohida e’tiborga loyiq.

Markaziy Osiyoda etnotsentrizmning zamonaviy shakllanishi ko‘p jihatdan Sovet Ittifoqi davrida millatlar siyosati asosida shakllangan. Milliy respublikalar “etnos-milliy hudud” prinsipi asosida tashkil etilib, har bir respublika ichida “titul millat” tushunchasi mustahkamlandi. 

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi respublikalarda etnik o‘zbek, qozoq, qirg‘iz millatlarining ustunligi ijtimoiy struktura va siyosat darajasida mustahkamlandi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda va qo‘shni respublikalarda etnotsentrizm quyidagi shakllarda namoyon bo‘lmoqda:

Madaniy ustunlik hissi: O‘zbek madaniyati (til, adabiyot, urf-odatlar) ko‘pincha boshqa millatlar madaniyatidan ustun ko‘riladi, bu esa ko‘p millatli jamiyatda kamsitilish tuyg‘ulariga olib kelishi mumkin.

Davlat tizimlarida “titul millat” vakillarining ustunligi saqlanib qolgan. Masalan, O‘zbekiston parlamenti va davlat boshqaruvida o‘zbeklar mutlaq ko‘pchilikni tashkil qiladi. Balki aholisining 90 foizdan ko‘pini o‘zbeklar tashkil etganidan keyin lavozimlar ham shunday bo‘ladida deb oqlashimiz mumkin.

Lekin, Etnik stereotiplar yo‘q emas. Masalan: Qozoqlar, qirg‘izlar, tojiklar, ruslar yoki koreyslar kabi etnik guruhlar orasida ijtimoiy stereotiplar keng tarqalgan, bu esa ijtimoiy ishonchni pasaytiradi.

Etnotsentrizmning yuqori darajasi ichki ijtimoiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin. Xususan:

Millatlararo ishonchsizlik va ishsizlikni “boshqalarni ayblash” holatlari.

Muhojirlik oqimlari yoki suv resurslari kabi transchegaraviy masalalarda millatchilik kayfiyatining kuchayishi.

Siyosiy populizmda etnotsentrik ritorikaning paydo bo‘lishi (masalan, "bizniki - ularnikidan yaxshi" kabi ritorika).

Xo'sh etnotsentrizm yomon bo‘lsa u bilan qanday kurashish mumkin. 

Millatlararo totuvlik nafaqat bayramlar orqali, balki muvozanatli siyosiy vakillik, ta’lim va ish joylarida tenglik bilan ta’minlanishi kerak.

Etnik xilma-xillikni boylik sifatida ko‘rishga yo‘naltirilgan media va ta’lim siyosati.

Mintaqada etnotsentrizm darajasini o‘rganish va aniq indikatorlar asosida chora-tadbirlar ishlab chiqish

Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda etnotsentrizm tarixi chuqur va ko‘p qirrali bo‘lib, zamonaviy siyosiy va ijtimoiy muammolar bilan chambarchas bog‘liq. Davlatlar etnik xilma-xillikni yuksak madaniy kapital deb bilib, inklyuziv siyosat yuritmas ekan, etnotsentrizm xavfi ijtimoiy birligimizga putur yetkazishi mumkin.

Masalan nima deb o‘ylaysiz qo‘shnimiz Afg‘onistondagi hamma muammolarga faqat Amerika va SSSR sababmidi? Qisman ha, ammo bugungi nizolarning ko‘pchiligiga Pushtun etnotsentrizmmi sabab. Qolgan millatlarning manfaatlari bilan hibolashmaslik, ularning urf odatlariga bepisandlik, hokimyat taqsimotida inklyuzivlikning yo‘qligi Afg‘oniston notinchligining asosiy omilidir.

Comments

  1. Bu mavzu bo'yicha siz bilan o'tirib alohida suhbat quramiz, lekin ushbu tayyorlagan ishingiz memga yoqdi. Ajoyib💫💫💫👍

    ReplyDelete
  2. Ajoyib mavzu bu haqda suhbat ham qilish kere

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning