Men bu sayt haqida raqamli tarix darsida o'rganaman deb o'ylamagan edim. Sababi bu sayt nafaqat biz, balki barcha uchun mos keladigan sayt hisoblanadi. Gapminder sayti biz foydalanayotgan ilovalar orasida bizga aniq, statistik ma'lumotlar olish imkoniyatiga ega bo'lamiz.Gapminder – dunyo haqidagi ma’lumotlarni grafiklar, diagrammalar va interaktiv vositalar orqali oson tushuntiradigan mukammal platforma bo‘lib, u ilmiy tahlil, o‘quv jarayoni va tadqiqotlar uchun samarali vosita hisoblanadi.
Bu saytdan foydalanishning hech qanday qiyinchilikka duch kelmaysiz. Sababi, bu saytdan foydalanish uchun siz ro'yxatdan o'tishingiz shart emas. Dashbordga kirish – Asosiy sahifada “Bubble Chart”, “Line Chart”, “Maps” kabi bo‘limlar joylashgan. Ko‘rsatkich tanlash – Masalan, sog‘liq, iqtisodiyot, aholi demografiyasi yoki ta’lim bo‘yicha ma’lumotlarni tanlash mumkin. Mamlakatlar solishtirish – Bir necha davlatlarni belgilang va ularning
rivojlanish dinamikasini grafik tarzda kuzating. Yillar bo‘yicha o‘zgarishlarni ko‘rish – Pastki paneldagi vaqt shkalasini harakatlantirib, har bir ko‘rsatkichning tarixiy rivojlanishini tahlil qilishingiz mumkin. Ma’lumotlarni yuklab olish – Tadqiqotchilar uchun statistikalarni Excel yoki boshqa formatlarda yuklab olish imkoniyati mavjud.
Gapminder ilovasi barcha uchun birdek foydali va birdek qulay ilova hisoblanadi. Gapminder ayniqsa o‘qituvchilar, talabalar, jurnalistlar va tadqiqotchilar tomonidan keng qo‘llanadi. Chunki u murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni sodda grafiklar orqali tushuntirib beradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar dunyo rivojlanishidagi ijobiy va salbiy tendensiyalarni vizual ravishda ko‘rishlari mumkin. Bu esa statistika faniga qiziqishni oshiradi va global fikrlashni shakllantiradi.
Ilova yana “Gapminder Tools Offline” shaklida ham mavjud. Bu versiya internet talab qilmaydi, shuning uchun o‘quv darslarida, tadbirlarda yoki taqdimotlarda juda qo‘l keladi.
Gapminder ilmiy faktlarga asoslangan statistik ma’lumotlarni oddiy va tushunarli tarzda taqdim etuvchi noyob platformadir. U nafaqat raqamlar bilan ishlashni osonlashtiradi, balki dunyoga real ko‘z bilan qarash, turli noto‘g‘ri tasavvurlarni yo‘qotish va global jarayonlarni chuqur tushunishga yordam beradi. Agar siz ilmiy statistikani qulay va samarali shaklda o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Gapminder siz hamda biz uchun eng qulay sayt hisoblanadi.




👍👍👍
ReplyDelete🔥
ReplyDeleteZo'r
ReplyDeleteZoʻrku
ReplyDeleteZoʻr
ReplyDelete👍👍👍👍👍👍
ReplyDelete