Skip to main content

Gapminder

 Gapminder: statistikani “tirik” qilib ko‘rsatadigan platforma


Avval Gapminder nomini eshitganimda, uni oddiy statistik saytlardan biri deb o‘ylagandim.

Grafik ko‘rsatadi, raqamlar beradi, xolos… deb o‘tib ketgan edim.

Bir kuni esa mashg‘ulotda ustozimiz "Dunyo faqat siz Instagram orqali ko‘rayotganingizdek emas" deb Gapminder’ni ochib berdi.

Shunda men birinchi marta raqamlar qanday qilib hikoya aytib berishini ko‘rdim.

Masalan:

Oldin men “ba’zi davlatlar o‘ta qashshoq, taraqqiy etmagan” degan fikrda edim.

Lekin Gapminder’da daromad, umr davomiyligi va ta’lim darajasi kabi ko‘rsatkichlarni solishtirib ko‘rsam, ayrim davlatlar yildan-yilga qanday o‘sib borayotganini ko‘rib lol qoldim.

Eng qiziq tomon:

Grafikdagi har bir nuqta — bu shunchaki statistika emas, bu millionlab insonlarning hayoti.

Nuqtalar harakatlanganda, xuddi davlatlar rivojlanish yo‘lini tirik filmdek ko‘rayotgandek bo‘lasan.

O‘shanda tushundim:

Gapminder bizga faqat ma’lumot bermaydi,

u stereotiplarni buzadi, fikrimizni kengaytiradi va dunyoni boshqacha ko‘rishga majbur qiladi.

Endi yangiliklarni ham Gapminder orqali tekshirib ko‘rishni odat qildim:

“Rostdan ham shunaqami?” deb o‘zimga savol beraman.

Xulosa sifatida:

Gapminder menga shuni o‘rgatdi:

Har qanday raqam ortida real hayot yotadi

 Har bir davlat faqat birgina tasvir bilan baholab bo‘lmaydi

 Va eng muhimi — bilimlar kutilmagan joydan kelishi mumkin

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning