Gapminder.com — zamonaviy dunyoni faktlar orqali ko‘rsatib beradigan eng qulay ta’lim platformalaridan biridir. Sayt oddiy grafiklar, interaktiv xaritalar va aniq statistika orqali global o‘zgarishlarni bir qarashda tushunishga yordam beradi. Shuning uchun ham u bugungi kunda talaba, o‘qituvchi, tadqiqotchi va hatto keng jamoatchilik orasida juda mashhur.
Platforma asoschilari — mashhur shved olimi Hans Rosling va uning jamoasi bo‘lib, ular “dunyoni tushunish — faktlardan boshlanadi” degan g‘oya asosida Gapminderni yaratgan. Saytning asosiy vazifasi — odamlarning dunyo haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarini aniq raqamlar bilan tuzatish va murakkab jarayonlarni sodda grafiklar orqali yoritishdir. Gapminder’ning eng muhim ustunliklaridan biri — undagi ma’lumotlarning to‘liq ishonchliligi. Statistikalar BMT, Jahon banki, UNICEF kabi xalqaro tashkilotlarning ochiq ma’lumotlaridan olinadi. Bundan tashqari, ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanib boradi, bu esa foydalanuvchilarga real vaqtga yaqin, dolzarb ko‘rsatkichlarni kuzatish imkonini beradi.Platformaning yana bir katta afzalligi — vizual yondashuv. Murakkab terminlar yoki qo‘shimcha tushuntirishlarsiz, oddiy grafiklar orqali: turli davlatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini, aholining sog‘liq darajasini, umr ko‘rish davomiyligini,daromad darajalaridagi farqlarni bir vaqtning o‘zida solishtirish mumkin. Grafiklar interaktiv bo‘lgani sababli, ularni har kim mustaqil o‘rganib, kerakli natijalarni chiqarib oladi.


Zo'r chiqibdi
ReplyDeleteYaxahi fikir
ReplyDeleteGapminder haqidagi ushbu ishingiz juda zor gap yoq👍👍
ReplyDeleteTasanno
ReplyDelete