Sun’iy intellektlar ko‘payib ketdi, lekin Google Gemini o‘zining ayrim maxfiy va kam tanilgan funksiyalari bilan baribir ajralib turadi. Ko‘pchilik uni faqat chatbot deb o‘ylaydi, ammo aslida undan ham ko‘proq narsa bor.
1. Real vaqtda surat tahlili qiladi
Faqat rasmni yuklaysiz — Gemini esa undagi obyekt, matn, belgi, hatto jarayonlarni ham tushuntirib beradi. Ba’zan rasmdagi xatolarni topib, yechim ham taklif qiladi.
2. Murakkab matematik masalalarni qo‘l bilan yechib beradi
Geometriya chizmalari, tenglamalar yoki grafiklar tushunarsizmi? Suratga olib yuboring, Gemini qadam-baqadam isbot bilan yechadi.
3. Kodni tuzatish va optimizatsiya qilishda kuchli
Dasturchilar uchun qulay: xato kodni tashlaysiz, Gemini uni nafaqat tuzatadi, balki “nima uchun xato bo‘lganini” ham tushuntiradi.
4. Uzoq videolarni qisqa xulosa qilib beradi
Video tashlasangiz kifoya — 40 daqiqalik videoni 5 qatorli mazmunga aylantirib beradi. Bu talabalarga ayniqsa “qutqaruvchi”.
5. Google xizmatlari bilan chuqur integratsiya
Google Drive’dagi hujjatlarni o‘qiydi
Sheets’da jadval yaratadi
Maps’dan joylarni tushuntiradi
Gmail’da maktub yozishda yordam beradi
6. Ko‘p tilli tarjimasi juda aniq
Faqat tarjima emas, balki matnning uslubini saqlaydi: rasmiy, ilmiy, badiiy, hazilomuz — qanaqa qilib ber desangiz shunday qiladi.
7. O‘zi slayd, reja va prezentatsiya tayyorlab beradi
Mavzu berasiz → slaydlar tarkibi → izohli matn → xulosa → hammasi tayyor bo‘ladi. Talabalar uchun super imkoniyat.
8. Murakkab fayllarni tahlil qiladi
PDF, docx, txt yoki ilmiy maqolalarni to‘xtovsiz o‘qib, qisqa, aniq va lo‘nda ma’lumot chiqarib beradi.
9. Rasm asosida kontent yaratadi
Rasmda turgan obyektga qarab hikoya, tavsif, izoh, post, hatto mem tayyorlab beradi.
10. Sizga mos o‘rganish uslubini tanlab beradi
“Qanday o‘qiyman?” degan talabalar uchun — vizual, audio, amaliy yoki grafik tarzda o‘rgatishni o‘zi tanlaydi.
Xulosam
Gemini — bu shunchaki AI bot emas, balki yordamchi, tarjimon, muhandis, dizayner, o‘qituvchi va tahlilchi vazifasini bir vaqtning o‘zida bajara oladigan kuchli platforma. To‘g‘ri ishlatishni bilgan talaba uchun esa u vaqtni 2 baravar tejaydi. Bu men bilgan va foydalanganlarim edi. Siz qanday imkonyatlarini bilasiz izohlarda kutaman.








Olg'a
ReplyDelete🔥🔥🔥
ReplyDelete