Dyoyingizni oʻzgartiradigan kitoblardan biridir.
Eljernonga atalgan gullar kitobi Daniel Kiz tomonidan yozilgan eng yaxshi kitobdir. Asarni oʻqir ekansiz, oʻqiganiz sari o'qigiz kelaveradi. Chunki asar sizni oʻziga bogʻlab qoʻyadi. Asar voqealari haqida gapirar ekanman asar qahramon Charli Gordonning kunlik hisoboti haqida hikoya qilinadi.
Asarda qahramon Charli aqliy rivojlanishdan orqada qolgan lekin chin dildan ilm olishni istaydi. U ilmiy tajriba sifatida maxsus operatsiyaga rozi bo‘ladi. Ushbu operatsiya uning intellektual qobiliyatlarini keskin oshirib yuboradi. Asarni yozuvchi Deniel Kiz o'ziga xos uslub bilan voqealarni jonli va samimiy tasvirlaydi. Asarning ta'sir kuchi, ayniqsa, Charlining hisobotlari orqali oshib boradi. Xatodagi xato va oddiy iboralar bilan yozilgan hisobotlar Charlining orqali kitob bilan murakkablashadi, bu esa qahramonning intellektual o'zgarishlarini yaqqol ko'rinishidir.
Ammo Charli aqlan tushunadi, jamiyatdan uzoqlashadi, atrofidagilarni to'g'ri tushuna va o'zining'izligini anglab yetadi. Operatsiyadan oddiy Charlining hayotida xribonlik va beg'uborlik koʻproq edi, Charli esa yolgʻizlanib ketadi. Bu qahramonga juda yomon taʼsir qilgan.
Aqliy oʻzgarishlar bilan birga uning hissiy olamida ham katta burilishlar yuz beradi. barcha, Charlining o'zo'tmishini, bolalikdagi jarayonini va onasi bilan munosabatlarini esga olishi oʻquvchiga ham ogʻir taʼsir qiladi. Xulosa qilib aytganda Asar menga juda ham yoqqan. Shuningdek oʻqiganimdan hech qachon pushaymon boʻlmadim. Shu asardan keyin IQ darajasini aniqlash testlariga qiziqqanman. Shuningdek muhimligini ham jiddiy eʼtibor qaratganman. Asar hayotdagi eng katta boylik pul yoki aql emas, insoniylik va mehr-muhabbat ekanligiga urgʻu beradi. Siz ham albatta kitobni oʻqing



👍👍👍👍👍
ReplyDeleteYashang Lolo zo’r chiqibdi🐣
ReplyDeleteJuda qiziqarli post ekan
ReplyDeleteBu postdan keyin bu kitobga qiziqishim ortdi yaxshi chiqqan
ReplyDelete