Skip to main content

Hech kim yozmagan Gapminder haqida

     Adashmasam, oktabr oyi edi. Asabim joyida emas, darsga kechikib kelganman va kirishimdan 10 sekund avval ustoz menga nb qo'ygandilar. O'zimcha hayotdan xafa, taqdir adolatsizlgidan siqilib, darsga bee'tibor o'tirgan edim(tan olib qo'yay). Ustoz savollar o'qirdilar va men hamon o'z dardim bilan ovvora edim. Bir payt ustoz

"Factfulness" desalar bo'ladimi? Qachondan beri o'qiyman deb yurgan kitobimning nomini eshitishim bilanoq,butun fokusim qanday jamlnganini bilmay qoldim.Qulog'im ding ko'zim snayper bo'ldi qoldi shu payt...

    Keyin monitorda sayt paydo bo'ldi Gapminder. Bunisi nima ekan endi deganim esimda. Ustoz bu sayt sizning odatda to'g'ri deb o'ylagan qarshlaringizni buzib yuboradi dedilar. Menga ham shu kerakmasmi... Xaritadan adashmasam Yaponiya yoki Germaniyani tanladik va ustoz harakatlanuvchi dinamika orqali bizga so'nggi 2 asrda shu davlatda aholi o'sishini demografik statistikaga asoslangan o'sishini va so'nggi 50 yilda qanday demografik eroziya bo'layotganini ko'rsatdilar. Tarixning ichida yillar davomida yurgan bo'lsam ham fanimni shunday qiziqarli qilish mumkinligini o'ylab ham ko'rmagan edim. Ichimda maktabdagi geografiya ustozimga chiroyli rahmatlar aytib, kelajakdagi talabalarim uchun darslarimda nimalardan foydalanishim ro'yxatini tuza ketdim.

    Keyin bir to'da oyoq kiyimlarning onlayn bozoriga tushib qoldik. Ustoz tushuntirishlaricha bu dunyo aholisining daromadlari o'rtasidagi farqning oyoq kiyimlarda aks etishi ekan. Rostan ham turfa xil, g'alati va ayni paytda juda qiziq tajriba bo'ldi men uchun. Shunchalik tor dunyoqarashli bo'lganimni yana bir bor anglab yetdim...

    Tan olib aytganda, men umuman statistikalarni yoqtirmaydigan odamman. Hech qachon e'tibor bermaganman bunday narsalarga. Ammo oddiy, bunday primitiv ma'lumotlar, statistiklar dunyoqarshimni bu qadar o'zgartiradi deb o'ylamagan edim.

    Darsdan so'ng o'zim davlatlar haqida test ishlab ko'rmoqchi bo'ldim. Asl maqsad-o'zimning bunday shallow mind emasligimni o'zimga isbotlash edi o'zi. Birinchi nishonim O'zbekiston bo'ldi. Va men testda faxrli ravishda 6tadan 4ta ishladim.(hatto sayt ham tasdiqladi mening kimligimni, lekin mana bu yerda eshakdek o'jar nafsim hech tan olgisi kelmaydi buni. Hatto o'zi bilsa ham). Yurtimiz haqida o'ta past baho berib yuboribman ba'zi nuqtalarda. MAsalan O'zbekistonning necha foiz daromadi qishloq xo'jaligi va tog'-kondan keladi degan savolgan 56 % belgilabman lekin bizda bu daraja 30% atrofida ekan. O'ylab qoldim rostan ham biz qolgan 70 % qayerdan olar ekanmiz...Izlab ko'rishim kerak, balki biz post-idustrial davlatmizdir...

    Xullas shunaqa. Men masalan o'rganlarimiz ichida haqiqatda mana shunisida maza qilganman.Siz ham buni dars yzasidan emas,shunchaki kovlab chiqsangiz ham manfaat olasiz deb o'ylayman. Rahmat!



Comments

  1. Ha bu chindanham qiziqarli va foydali boʻlgan edi

    ReplyDelete
  2. Menimcha bu miyyamizda shakilanib qolgan dunyo haqida notogʻri tushuncha deb oʻylayman aytgancha testni yechib boʻlib shinpanzedan aqili ekanligimdan hursand boʻlganim esimga tushub ketdi.

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning