Skip to main content

"Hukumdor" asarini tahlili


 Assalomu alaykum. 🤗 Hammaga hayrli kun! Bugungi postimni mavzusi Makiavelli ning "Hukumdor" asari haqida. Bu kitobni biz guruh boʻlib ya'ni moxt_3_4 guruhlar Jahon tarixidan "Mustaqil taʼlim"vazifasi sifatida oʻqidik. Kitob haqida keladigan boʻlsak kitob juda ham zerikarli. Toʻgʻrisini aytsam olgan pulimga achindim. Undan koʻra shu pulga universitet oshxonasi yoki "Nomdor"dan tushlik qilganim yaxshiroq deb kulib qoʻyaman.Kitobni  oʻqimadim emas oʻqidim oʻzimni majburlab ichim siqilib vaqt oʻtmay oʻqidim. Menga badiiy asar oʻqish yoqadi. Odatda badiiy asarni tashqi dunyodan ajralish uchun oʻqiymn. Yani asablarim charchaganda atrofidagilarni eshitmaslik uchun telefonim borligini unutish uchun oʻqiyman. Kitob oʻqiganda ichidagi voqealarga qiziqib yonvoshlab olib metroda avtobusda hattoki uhlamay kvartirada ham oʻqiydigan odatim bor. Lekin bu kitobni oʻqiy olmadim. Qancha harakat qilmay bu kitob meni umrimni yedi. Oʻqimay desam "Mustaqil taʼlim vazifasi" oʻqiy desam juda zerikarli domilaga ham ikki uch marta aytdim oʻqishga arzimaydi savol berib qiynayvermang deb😆🤢. Domila esa odatdagidek tushunmaydi. Shuncha talaba oʻqigan Tursunmatova dedi. Men indamadim. Baho pastroq chiqsa kerak deb oʻylagan edim yoq narmalni baho qoʻyib berdilar.

      Asarning mazmuniga keladigan boʻlsak bu Makivellini Italiya Hukumdoriga davlatni qanday boshqarish kerak ekanligini tushuntiradi. Ichidagi deyarli hamma maʼlumotlar davlatni qanday boshqarish haqida. Asab buziladi. Juda ham mayda narsalarga etibor bergan. Oddiy narsalarni ham maydalab tushuntirilgan. Kitobni oʻqib miyamda ogʻriq paydo boʻldi. Asarda ayyorlik, aktiyorlik haqida maʼlumotlar ham bor. Kimga qanaqa bilmadimu bu kitob men uchun saviyasi pastdek koʻrindi. Shunda ham bilmadim. Kitobni oʻqiganlar asar haqida fikr mulohazangizni yozib keting. Etiboringiz uchun rahmat ❤️ ❤️ ❤️.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning