Gapminder.org — bu dunyo rivoji, sog‘liqni saqlash, aholi soni, ta’lim, iqtisodiyot va kambag‘allik bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni vizual grafiklar orqali ko‘rsatib beradigan bepul platforma. Uni shved olimi Hans Rosling, uning o‘g‘li Ola Rosling va qizi-inoyi Anna Rosling Rönnlund yaratgan.Gapminder’ning asosiy maqsadi — odamlarning dunyo haqidagi qarashlarini to‘g‘rilash, ya’ni statistika orqali:dunyo aslida qanday rivojlanayotganini ko‘rsatish, kambag‘allik qanchalik kamayganini ishorat qilish, sog‘liqni saqlash qanchalik yaxshilanganini tushuntirish, insonlar baʼzan real bo‘lmagan "negativ" fikrlar bilan yashashini isbotlash, platforma “Factfulness” (Faktlarga tayangan fikrlash) g‘oyasiga asoslanadi.
Gapminderning afzalliklar, bepul, ma’lumotlar xalqaro statistik organdan olingan, nteraktiv grafiklar — talaba uchun juda qulay, soddalashtirilgan tushuntirishlar, taqqoslash imkoniyati keng, vizual antropologiya, etnologiya, tarix, iqtisod va sotsiologiya talabalari ko‘p foydalanadi.
Men Gapminder.org’dan foydalangach:statistikani grafik ko‘rinishda tahlil qilishni o‘rgandim,vizual antropologiya fanida "Dollar Street" bo‘limi menga turli madaniy jamiyatlar hayotini real tasavvur qilishda yordam berdi,ta’lim, sog‘liq va iqtisod bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi real farqlarni tushundim,dunyo haqida aniqroq fikrga ega bo‘ldim, talaba sifatida ma’lumotni tahlil qilish ko‘nikmam ham ancha oshdi.Mana oxirgi postimni yaji 6chisini joyladim. Ustoz yaxshi baholaysiz degan umiddaman🙃


👏👏👏👍👍👍
ReplyDeleteOfarin
ReplyDelete👍👍👍☠️☠️☠️
ReplyDeletezo`r
ReplyDelete