Biz MOXT talabalari 2- kurs 1- semestr davomida oʻrgangan platforma - zotero.org boʻldi. Bu saytni oʻrganish boshqalariga nisbatan oson boʻldi deb oʻylayman. Ayniqsa voyant toolsga nisbatan juda oson edi. Bu platformani o‘rganishimdan maqsad — ilmiy ishlarimni, referatlarimni, konspektlarimni tartibli saqlash va manbalarni to‘g‘ri rasmiylashtirishni osonlashtirish.
Bu dastur menga materiallarni adashmasdan jamlash, kerak bo‘lganda tez topish va bibliografiya yoki adabiyotlar ro‘yxatini avtomatik yaratishda yordam beradi.Zotero menga ilmiy ishlarda juda katta qulaylik yaratadi. Eng birinchi afzalligi — barcha manbalarni bitta joyda tartibli saqlab borishim mumkin. Internetdan maqola yoki kitob topganimda uni bitta tugma bilan Zotero'ga qo‘shaman, hatto sahifa ma’lumotlarini o‘zi avtomatik tanib oladi. Shuningdek, Zotero orqali adabiyotlar ro‘yxatini qo‘lda yozib o‘tirishga hojat qolmaydi. Kerakli formatni tanlansa bibliografiya o‘zi hosil bo‘ladi. Word yoki Google Docs bilan bog‘lab ishlatish ham juda oson. Menga eng yoqqan joyi — papkalar qilib mavzularimni alohida-alohida joylashim va kerakli fayl yoki maqolani bir zumda topish imkoniyati. Ko‘p ma’lumot bilan ishlaganda vaqtni juda tejaydi. Qisqasi, Zotero ilmiy ishni yengillashtiradigan, manbalarni adashmasdan saqlashga yordam beradigan va tartibli ishlashga sharoit yaratadigan juda qulay dastur. Ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadigan har bir odamga bunday yordamchi kerak.
🫠🫠
ReplyDelete💯💯
ReplyDeleteZoʻr chiqipti
ReplyDeleteAjoyib
ReplyDelete