Skip to main content

Jasmina voyantools

 Bugungi post voyantools haqida bo'ladi. To'g'rini aytsam bu saytni o’rganishda va mustaqil talimlarni qilishda qizlar bilan yaxshigina qiynalgan edik. Huddi kechagidek esimda men Dilrabo Umida Mashxura bizni xonamizda yig'ilib shu vazifani bajargandik. Har dars ustozdan voyantool degan so'zni eshitsam jahlim chiqib ketardi. Yakshanba soat 23:00ga qadar vaqt berilgan edi hemisga mustaqil ta'limni yuklash uchun. Kuni bilan shu bilan ovora bo‘lib amallab yukladik ham. Kechki payt qizlar bilan yahriyat yuklab bo'ldik deb yelkamizdan tog' ag'darilgandek bo'lib o'tirsak bir payt kursdoshimiz Durdona men qila olmayapman o'rgatvorilar desa bo'ladimi soat uje 22:00dan ham otib qolgandi va biz vahimaga tusha boshladik😅 Mashhura bilan saytga kirmoqchi bo'lsak sayt ishlamaydi hohlagan payti o'zidan o'zi chiqib ketaveradi lekin shundayam qayta qayta saytga kirishga harakat qildik.

Va oxiri buniyam bir amallab Durdonaga o'rgandik. Eng oxirgi soniyalarda hemisga yuklashga ulgurdi. Hech qachon esimdan chiqmaydigan kunlardan biri bo'lgan o'sha kun😁



Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning