Shukurki hozirgi kunda kitobga qiziquvchi insonlar ularni mutolaa qiluvchilar safi kundan kunga koʻpaya boshladi, shu bilan birga undagi ma'lumot, sharh, qoidalar va kerakli boʻlgan mavzularga emas, uning muqovasi, qay biri hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqda reklama qilinayotganligi yoki uning soniga e'tibor kuchaygandek, fikrimcha kitob o‘qish ko‘pchilik orasida go‘yoki bir raqobatga, bir-biriga maqtanish vositasiga aylanib boryabdi, deylik, kim qancha kitob o‘qidi, kim qanday mashhur mualliflarni sanab o‘tadi, kim ko‘proq mutolaa qiladi mana shu kabi savollar atrofida bahslar, suhbatlar bo‘ladi.
Ammo aslida kitob o‘qish bu son emas, mazmun, shakl emas, ta’sir, xotira emas, amal, har bir o‘qilgan asar odamning tafakkurni oʻzgartirmasa, ichki dunyosiga bir narsa qo‘shmasa, unda u faqat ko‘z uchun o‘qilgan ya'ni kitobni o‘qishdan ko‘ra uni tushunish, his qilish, u yerdan nimadir o‘rganish, o‘sha o‘rganilgan narsani hayotga tadbiq etish muhimroq, ba'zilar o‘qiganini gapiradi, lekin o‘qigani bilan yashamaydi, inson o‘qigan kitobidan saboq olmasa, u faqat vaqt o‘tkazgan bo‘ladi, haqiqiy o‘quvchi o‘qiganini amal bilan isbotlay oladigan kishidir. Kitobni o‘qib, sabrni o‘rgangan bo‘lsa, hayotida shoshmasligi zarur, oʻqib halollikni oʻrgangan boʻlsa, ishida, munosabatida halol bo‘lishi zarur ya'ni faqat o‘qib qo‘yish emas, o‘sha o‘qilgan ma’lumotni hayotga olib kirish zarur. Menimcha, kitobxonlikni poygaga aylantirmasdan, o‘zimiz uchun, qalbimiz, ongimiz, hayotimiz uchun o‘qishimiz zarur. Maqsad boshqalarni lol qoldirish emas, balki o‘zimizni o‘zgartirish bo‘lishi zarur. O‘qishdan maqsad til bilan aytishga emas, qalb bilan his qilishga, hayot bilan bog‘lashga xizmat qilishi kerak, ana shundagina kitob insonni odam qiladi. Alloh barchamizga kitobni faqat ko‘rish uchun emas, balki uni anglash, his etish va hayotga tatbiq etish tavfiqini bersin. Zero, kitob insonning eng sodiq do‘sti, eng jim ustozidir. Uni sevgan, unga amal qilgan inson hech qachon yo‘ldan adashmaydi. O‘qishdan maqsad til bilan aytish, boshqalar oldida maqtanish emas — balki qalb bilan his qilish, o‘qigan narsani hayot bilan bog‘lashdir. Ana shundagina kitob insonni haqiqiy ma’noda odam qiladi, uni fikrlashga, ezgulikka, sabr va mehrga undaydi. Alloh barchamizga tavfiq bersin.Oktabr oyi sarhisobi boʻyicha 3ta kitob oʻqib tugatdik..
Post haqida fikr va mulohazalarizni kutaman. Yoqimli mutola va maroqli hordiq tilayman.





Yaxshi gap yoʻq
ReplyDeleteZoʻr omad. Bu post manga judayam yoqdi. Kursdosh.
ReplyDeleteOmad.
ReplyDelete👍👍👍 ZOʻR
ReplyDelete👍👍👍
ReplyDeleteMen o'zim juda ham kitob o'qishni yoqtiraman. Kitob o'qish insonga ma'naviy ozuq bag'ishlaydi
ReplyDelete