Skip to main content

Konspektbozlik haqida

 Xoʻsh, men kaminayu-kamtarin bugun hozirgi oʻqish tizimidagi konspektbozlik haqida yozishga qaror qildim. Bunga qoʻl urishga aynan shu jarayonlarni koʻra turib bir shu mavzuga qoʻl urmasam boʻlmaydi degan manoda. Bu orqali barbir biron oʻzgarish qiyin boʻlishi mumkun chunki tizim qoʻygan domla buni oʻzgartirishi ancha qiyin, agar barcha talabalar birlashgan holda buni rad etmasa. Hoʻp mavzuga keladigon boʻlsak oʻzi bu orqali talim oʻtish qanchalik toʻgʻri va samarali yani biron foyda bormi yoki shunchaki qancha sabr va asab ketib yozilgan bu daftarlar shunchaki makalaturaga aylandim. Shu savollar meni koʻp qiynaydi. Yani bu narsa yodimga kelganda doim SSR davrdagi eski qarash yoki darsga boʻlgan qiziqish yoʻqligidan. Nima uchun buni aytmoqchiman yani bilamizki Sobiq sovet Ittifoqi davrida talim tizimi asosan qattiq intizomga moslangan va oddiy sodda usul yani yodlatish orqali oʻqitilgan, bu haqiqat. Shu uchun ham shu davr tarbiyasini koʻrgan koʻpgina avlod negadur shu ishni davom ettirgandek. Shuncha qogʻoz nega kerak bilmadim. Asosiy sabab deb yozganda esda qoladi deyish degan soʻzlar bu maʼnosiz. Chunki bazi fanlardan bitta fan uchun 5 ta daftar tutib uni ichiga faqat yozish nima foyda bor. Koshki talaba yozganda eslab qolish uchun yozsa balki tezroq tugatish uchun yozadi va qutilishga harakat qiladi. Chunki u bunga majburlandi. Konspekt qachon foyda boʻlishi mumkun hech qanday bosimsiz va shunga oʻxshash majburlashlar orqali amalga oshirilmas ekan demak ilm oluvchi shaxs oʻzi xohlab biron yangilik yoki esda qolishi uchun yozsa bu foydali boʻladi deb oʻylayman. 


 Ikkinchi sababimga keladigon boʻlsak darsga qiziqish yoʻqdek tuyuladi, bu ishlar orqali. Chunki shaxsan oʻzim fikrim va koʻrganim boʻyicha bazi domlalar fanga talabani olib kira olmagani uchun uni shu oddiy varoqqa koʻchirilgan soxta ilm orqali baholab qoʻyish maqsadida buyurishi mumkin. 



Endi yechimga kelsam bu narsaga yechim faqat yangi davr ilmini koʻrib kelgan ustozlar orqali boʻladi. Sababi esa ular bu tizimda oʻz koʻzi bilan koʻrgan va oʻzgartirishi kerak boʻlgan muammolarni biladi va oʻzi ham his etib koʻrgan. Koʻrmoqdamiz jamiyatimizga shunday yangi davr ilmini olgan ilm taratuvchilar ham kirib kelmoqda. Ular talabni yoki oʻquvchini majburlash emas qiziqtirish va koʻproq fikrlashiga quloq tutmoqda. Bu orqali esa yangi gʻoyalar tuyulishi mumkin degan fikrlar yangramoqda. Bu eng katta yechimdir. 

Agar sizda ham qandaydir fikri va mulohaza boʻlsa marhamat.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning