Langar ota maqbarasi — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Inshoot Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi Koʻkbuloq mahallasida joylashgan boʻlib, taxminan XV asrda barpo etilgan.
Bugungi kunda mazkur hudud Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida) Davlat mulki hisoblanadi. „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asnosida biriktirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Langar ota maqbarasi davlat muhofazasiga olinganLangar ota maqbarasi Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Langar ota ziyoratgohida joylashgan. Ziyoratgoh tarkibida, Langarota masjidi ham mavjud. Maqbara masjiddan bir soy naridagi tepalik ustida bunyod etilgan.Langar“ atamasi mozor, qabriston yoki ziyoratgoh, shu bilan birgalikda karvonsaroy, karvonlar toʻxtash joyi, bekati degan maʼnolarni anglatadi. Maqbara oʻz davrida ayni shunday hududda joylashgan.
Maqbarada Abulhasan Ishqiy va uning yaqinlari dafn etilganligi sababli ham bu inshoot Shayx Abulhasan maqbarasi nomi bilan ham mashhur.
Ayrim rivoyatlarga koʻra, „Langar ota“ atamasi shayx Abulhasanning kunyasi
Yaxshi malumotlar, rasm ham qoʻying bu qiziq
ReplyDeleteRahmat✊️✊️
ReplyDelete