Skip to main content

Madaminbek qoʻrboshi




Tarixchi Qahramon Rajabovning ma’lumotlariga ko‘ra, Madaminbek Birinchi jahon urushi arafasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik zulmiga qarshi Farg‘ona vodiysida ko‘tarilgan turli g‘alayon va isyonlarda faol qatnashgan. Shuning uchun o‘lkadagi rus politsiyasi uni 1914 yilda qamoqqa oladi. Sud Madaminbekning bo‘yniga qilmagan jinoyatlari – qotillik va o‘g‘rilikni ham ilib, uni Sibirning Nerchinsk shahriga 14 yil muddatga surgun qiladi.


Shunday qilib, yosh Madaminbek hayo­tining uch yili dahshatli Sibir o‘rmonlarida o‘tadi. Biroq bo‘lajak qo‘rboshi uchun bu yillar izsiz ketmadi. Aynan Sibirdagi og‘ir va mashaqqatli hayot uni kelgusi kurashlar uchun chiniqtirib, yurt ozodligi uchun bo‘ladigan hayot-mamot janglariga tayyorlaydi. 1917 yildagi fevral inqilobidan keyin Madaminbek siyosiy mahbus sifatida ozod qilindi va u Marg‘ilonga qaytib keldi.


Bolsheviklarga qarshi kurashning boshlanishi


Surgundan qaytgan Madaminbek dastlab Marg‘ilonda militsiya boshlig‘i etib tayinlanadi. O‘lka xalqlarining xohish-irodasi sifatida vujudga kelgan Turkiston Muxtoriyatining qonga belanishi, yurt farzandlarining qirg‘in qilinishi, Qo‘qon shahri va uning atrofidagi qishloqlar aholisining ayovsiz talon-toroj qilinishi uning sabr-kosasini to‘ldiradi.


1918 yilning mart oyi boshlarida Madaminbek o‘z militsionerlari bilan istiqlolchilar safiga o‘tadi. Keyinchalik u o‘z qarorini shunday izohlagan edi:


“Dastlab sho‘rolarga xayrixoh musulmon qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashni zarur deb hisobladim, ya’ni bolsheviklar hokimiyatini xalq uchun eng yaxshi va foydali deb o‘yladim. Lekin keyinchalik shuni angladimki, bolsheviklar faoliyati faqat boylar, dehqonlar va kambag‘allarni talashdan iborat ekan. Shuning uchun ham men bolsheviklar xizmatini tashladim va Eski Marg‘ilon hukumati qo‘rboshiligidan ketdim”.


U Toshloq qasabasidagi G‘orbuvo qishlog‘ini o‘ziga qarorgoh qilib olib, qizil gvardiyachilar bilan dastlabki janglarini boshlab yuboradi. Keyinchalik, G‘orbuvoni o‘rinbosari Shermuhammadbek ixtiyoriga qoldirib, qarorgohini Baliqchiga ko‘chiradi. Chunki bu hudud vodiyning to‘rt yirik muzofoti – Qo‘qon, Namangan, Andijon, va Marg‘ilon hududlari o‘zaro tutashgan, butun vodiyni nazorat qilib turish mumkin bo‘lgan, muhim strategik ahamiyatga ega joy edi. Tez orada Madaminbekning qo‘shini 4000 kishiga yetadi.


O'zbekcha



Unutilgan qahramon. Milliy ozodlik harakati rahbari Madaminbek kim edi?

Unutilgan qahramon. Milliy ozodlik harakati rahbari Madaminbek kim edi?


19:55 / 23.12.2024


24512

Rossiya mustamlakachiligi o‘zining behad zulmkorligi, qabohati bilan Turkiston xalqlari qalbida o‘chmas dog‘ qoldirgan. Yillar davomida mahalliy aholi zulm ostida ushlab turilgan, istiqlol va erk tuyg‘ulari so‘ndirilgan. Ammo yurtning jasur va mard o‘g‘lonlari bosqinchilar ko‘ziga tik boqib, o‘lka xalqlarining erki va ozodligi uchun kurashgan. Ana shunday qahramonlardan biri – Madaminbek edi.


Video thumbnail

{Yii::t(}

Madaminbekning asl ismi – Muhammad Aminbek. U 1892 yilda Marg‘ilon yaqinidagi So‘kchilik qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Ahmadbek hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, katta savdo do‘koniga ham egalik qilgan. Ahmadbekning ota-bobolari Qo‘qon xonligi davrida turli yuqori lavozimlarda ishlagan.


Ayrim manbalarda Madaminbekning onasi o‘z hovlisida maktab ochib, otinoyi sifatida yosh qizlarni o‘qitgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Madaminbekning Maqsudali va Mamadali ismli ikki akasi, Mehriniso va Mayramniso ismli ikki opasi ham bo‘lgan. Bo‘lajak qo‘rboshi Marg‘ilondagi maktab va mahalliy madrasani tugatgach, tahsilni davom ettirish uchun Buxoroga jo‘nab ketadi.




Madaminbekning surgun qilinishi


Tarixchi Qahramon Rajabovning ma’lumotlariga ko‘ra, Madaminbek Birinchi jahon urushi arafasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik zulmiga qarshi Farg‘ona vodiysida ko‘tarilgan turli g‘alayon va isyonlarda faol qatnashgan. Shuning uchun o‘lkadagi rus politsiyasi uni 1914 yilda qamoqqa oladi. Sud Madaminbekning bo‘yniga qilmagan jinoyatlari – qotillik va o‘g‘rilikni ham ilib, uni Sibirning Nerchinsk shahriga 14 yil muddatga surgun qiladi.


Shunday qilib, yosh Madaminbek hayo­tining uch yili dahshatli Sibir o‘rmonlarida o‘tadi. Biroq bo‘lajak qo‘rboshi uchun bu yillar izsiz ketmadi. Aynan Sibirdagi og‘ir va mashaqqatli hayot uni kelgusi kurashlar uchun chiniqtirib, yurt ozodligi uchun bo‘ladigan hayot-mamot janglariga tayyorlaydi. 1917 yildagi fevral inqilobidan keyin Madaminbek siyosiy mahbus sifatida ozod qilindi va u Marg‘ilonga qaytib keldi.


Bolsheviklarga qarshi kurashning boshlanishi


Surgundan qaytgan Madaminbek dastlab Marg‘ilonda militsiya boshlig‘i etib tayinlanadi. O‘lka xalqlarining xohish-irodasi sifatida vujudga kelgan Turkiston Muxtoriyatining qonga belanishi, yurt farzandlarining qirg‘in qilinishi, Qo‘qon shahri va uning atrofidagi qishloqlar aholisining ayovsiz talon-toroj qilinishi uning sabr-kosasini to‘ldiradi.


1918 yilning mart oyi boshlarida Madaminbek o‘z militsionerlari bilan istiqlolchilar safiga o‘tadi. Keyinchalik u o‘z qarorini shunday izohlagan edi:


“Dastlab sho‘rolarga xayrixoh musulmon qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashni zarur deb hisobladim, ya’ni bolsheviklar hokimiyatini xalq uchun eng yaxshi va foydali deb o‘yladim. Lekin keyinchalik shuni angladimki, bolsheviklar faoliyati faqat boylar, dehqonlar va kambag‘allarni talashdan iborat ekan. Shuning uchun ham men bolsheviklar xizmatini tashladim va Eski Marg‘ilon hukumati qo‘rboshiligidan ketdim”.


U Toshloq qasabasidagi G‘orbuvo qishlog‘ini o‘ziga qarorgoh qilib olib, qizil gvardiyachilar bilan dastlabki janglarini boshlab yuboradi. Keyinchalik, G‘orbuvoni o‘rinbosari Shermuhammadbek ixtiyoriga qoldirib, qarorgohini Baliqchiga ko‘chiradi. Chunki bu hudud vodiyning to‘rt yirik muzofoti – Qo‘qon, Namangan, Andijon, va Marg‘ilon hududlari o‘zaro tutashgan, butun vodiyni nazorat qilib turish mumkin bo‘lgan, muhim strategik ahamiyatga ega joy edi. Tez orada Madaminbekning qo‘shini 4000 kishiga yetadi.




Lashkarboshi o‘zining o‘sib borayotgan qo‘shinida beboshlik, talonchilik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish uchun qozi va muftiylar yordamida maxsus “Nizomnoma” tuzadi. U yangi qo‘shilgan har bir qo‘rboshini ushbu “Nizomnoma” bilan tanishtirib, unga amal qilish uchun imzo qo‘ydirib olgan. Afsuski, bu muhim hujjatning biror nusxasi arxivlarda ham, odamlar qo‘lida ham saqlanib qolmagan.


Madaminbekning “Amir al-muslimin”ga aylanishi


Navqiron yoshda bo‘lishiga qaramasdan yurt kezgan, harbiy sarkardalik iste’dodiga ega Madaminbek tez orada vodiy kurashchilari sardoriga aylanadi.


Sovetlarning rasmiy hujjatlaridan birida ta’kidlanishicha, “o‘z oldiga sovet hokimiyatini ag‘darish va Farg‘ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo‘ygan” Madaminbek tadbirkor siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi. “U bizning rahbarlik faoliyatimizda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarimizdan ustalik bilan foydalanardi. Uning o‘z “boshqaruv” apparati, o‘zining “tribunali”, o‘zining “genshtabi” bo‘lgan. U qonunlar chiqargan”, deb e’tirof qiladi Madaminbekka qarshi kurashgan Gramatovich. Buni boshqa qizil qo‘shin boshliqlari ham tan olgan.


Madaminbek o‘zining qattiqqo‘l siyosati, tashkilotchilik faoliyati va eng muhimi, o‘lkada kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va harbiy vaziyatni to‘g‘ri baholay olishi bilan ajralib turardi. Buning ustiga aniq vaziyatga muvofiq keladigan amaliy harakatlarni qo‘llay olishi, safdoshlariga o‘z ta’sirini o‘tkaza olishi ham uni ko‘p o‘tmay butun Farg‘ona jangovar kurashchilarining nufuzli rahbariga aylantiradi. 1919 yilning o‘rtalariga kelib 

uning yigitlari soni 25 ming kishidan oshadi.


qo‘shilish joyida Madaminbek askarlariga qarshi muvaffaqiyatli jang qilib, unga katta talafot yetkazadi.


Tengsiz dushman bilan kurashni davom ettirishning mushkulligi, oddiy xalq hayotining nochorlashib borayotgani ayrim kurash rahnamolarini faol harakatlarni vaqtincha to‘xtatib, boshqacha yo‘l izlashga, sovet tomoni bilan o‘zaro kelishuvlarga undadi.


Ayyor sovet hukumati taklifiga ko‘ra, 1920 yil 6 mart kuni Madaminbek va Veryovkin-Raxalskiy o‘rtasida Skobelev shahrida yarash bitimi imzolandi. Bu sulh shartlariga asosan, Madaminbek o‘z harakatlarini to‘xtatdi. Uning 1200 nafardan ziyod askar yigitlarining daxlsizligi, o‘z qurol-yarog‘lariga ega bo‘lishi, kerak bo‘lganda ularning vodiyda tinchlik, barqarorlik o‘rnatishda o‘z rahnamosi yetakchiligida faol ishtirok etishi ko‘zda tutilgan edi.


Qo‘rboshining keyingi taqdiri haqida turli manbalarda bir-birini inkor etuvchi ma’lumotlar uchraydi. Xususan, sovet davrida yozilgan kitoblarda Madaminbek muzokara o‘tkazish uchun borgan chog‘ida Shermuhammadbekning buyrug‘i bilan Xolxo‘ja tomonidan sotqinlikda ayblanib otib tashlangani keltirilgan. Turk tarixchisi Ali Bodomchi o‘zining ikki jildlik “Qo‘rboshilar” asarida Madaminbekning o‘ldirilishini sovetlar uyushtirganini keltirib, qotillik ruslarga sotilgan Soyib qori va Lutfullo maxdum tomonidan amalga oshirilganini yozgan.


Garchand Farg‘onada sovetlarga qarshilik undan keyin ham yangi-yangi kuchlar bilan turli tarzda davom etgan bo‘lsa-da, kurash avvalgidek keng qamrovli jangovar, hujumkor yo‘nalish kasb etolmagan.


Manbalarga ko‘ra, Madaminbekning o‘limidan keyin, unga hurmati baland bo‘lgan qirg‘izlar qo‘rboshining tanasidan judo qilingan boshini sovetlardan sotib olib, uni izzat-ikrom bilan dafn qilishgan. Uning qabri hozirgi Qirg‘izistonning Shig‘ay qis

hlog‘ida.


Madaminbekning sovet davrida uzoq vaqt qarovsiz qolgan qabrini 1994-1996 yillarda hofiz Dadaxon Hasanov boshchiligidagi bir guruh farg‘onaliklar ziyorat qilib, atrofiga panjara va qabrtosh o‘rnatishgan.


Qabrtoshga quyidagi so‘zlar yozilgan:


Turing begim, gunohlarni yuvaylik,


Bosqinchini Ona yurtdan quvaylik!


2018 yilda yozuvchi Baxtiyor Abdug‘ofurning qo‘rboshi haqida “Qonli gullar vodiysi: Madaminbek” romani nashr etildi. Asarda Muhammad Aminbekning hayot yo‘li to‘liq ochib berilgan.

Comments

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning