Skip to main content

Markaziy Osiyo yetakchilari Toshkentda yig‘iladi

Joriy yilning 16 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Markaziy Osiyo va turkiy davlatlar liderlari 

 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mezbonlik qiladigan Toshkent sammitida mintaqa davlatlari yetakchilari – Qozog‘iston Prezidenti Qomsim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashishi kutilmoqda. Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham Toshkent sammitiga taklif qilingan.

  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan konstruktiv g‘oya va tashabbuslarni ilgari surdi. Bu tashabbuslar o‘sha yil noyabrda Samarqandda o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yaxlit dastur tarzida taqdim etildi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi shu tarzda tashkil topdi. 2018 yil 15 mart kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

  2019 yil 29 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

  2021 yil 6 avgustda Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. To‘rtinchi Maslahat uchrashuvi 2022 yil 21 iyulda Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘ldi. 5-Maslahat uchrashuvi 2023 yil 14 sentyabrda Tojikistonning Dushanbe shahrida, 6-oltinchi Maslahat uchrashuvi esa 2024 yil 9 avgustda Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi. 

  Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida bo‘lajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 13 noyabr kuni “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqola e’lon qilgan edi.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning