Skip to main content

Massonlar

 


Massonlar mavzusi men uchun doimor sirli va qiziqarli bo‘lib kelgan. Odatda tarixiy mavzularni o‘qir ekanman, turli davlatlar, siyosiy jarayonlar, mashhur shaxslar haqida ko‘p ma’lumot topaman. Ammo massonlar mavzusi boshqacha — u ham tarix, ham falsafa, ham afsona, ham zamonaviy hayot bilan bog‘liq. Shuning uchun men bu mavzuga alohida qiziqib qoldim va imkon qadar ko‘proq ma’lumot o‘qishga harakat qildim. Massonlar haqida birinchi marta eshitganimda, ularni faqat sirli, maxfiy, hamma narsani boshqaradigan kuch sifatida tasavvur qilgan edim. Buning sababi internetdagi turli fikrlar, fitna nazariyalari, filmlar va romanlar bo‘lsa kerak. Lekin keyinchalik chuqurroq o‘qiganimda tushundimki, massonlarning haqiqiy tarixi bundan ancha sodda va shu bilan birga murakkab. Massonlar dastlab o‘rta asrlarda yashagan quruvchilar, tosh ustalarining uyushmasi bo‘lgan. Ular katta binolar, ibodatxonalar qurishga mas’ul bo‘lgan va o‘z faoliyatlarini ma’lum tartib-qoidalar asosida olib borgan. Vaqt o‘tishi bilan bu uyushma oddiy hunarmandchilikdan chiqib, ma’rifatparvarlik va axloqiy rivojlanishga qaratilgan fikrlar jamiyatiga aylangan. XVIII asrga kelib, massonlar Yevropada keng tarqala boshlagan. Massonlar haqida eng ko‘p tarqalgan tasavvurlardan biri — ularning dunyoni boshqarishi haqidagi fikrlar. “Maxfiy hukumat”, “dunyo elitasining jamiyati”, “eng katta siyosiy qarorlar ular orqali hal bo‘ladi” degan gaplarni deyarli hammadan eshitish mumkin. Men bu fikrlarni ham o‘qidim, lekin tarixiy manbalarga qaraganda, massonlar hech qachon global siyosiy tashkilot bo‘lmagan. Albatta, tarixda massonlar safidan o‘tgan mashhur insonlar bor — siyosatchilar, olimlar, yozuvchilar, hatto prezidentlar ham. Ammo bu ularning dunyoni boshqarganini anglatmaydi.



Massonlarning ramzlari meni eng ko‘p qiziqtirgan qismlardan biri bo‘ldi. Kompas va sirkul, “G” harfi, ko‘z ramzi — bularning barchasi turli ma’nolarga ega. Ramzlar orqali ular insonning o‘zini takomillashtirishi, tartib-intizom, ilm va aqlni qadrlash kabi g‘oyalarni ifoda etadi. Menimcha, aynan ramzlarning ko‘pligi ularni sirli jamiyat sifatida ko‘rinishiga sabab bo‘lgan. Massonlar haqida ko‘p narsa aytilsa-da, haqiqatni afsonalardan ajratish oson emas. Bu mavzu meni shuning uchun qiziqtiradi — u doimo savollar tug‘diradi. Ba’zi odamlar massonlarni xavfli tashkilot deb biladi, boshqalar esa ularni oddiy ma’rifatparvar jamiyat deb hisoblaydi. Men o‘qigan manbalardan kelib chiqqan xulosam: massonlar hozirgi kunda asosan xayriya ishlari, ta’lim, tarixiy an’analarni saqlash va jamiyatni ma’rifatlantirish bilan shug‘ullanuvchi uyushma sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Umuman olganda, massonlar haqida o‘qish meni nafaqat tarix, balki insonning yashirin qiziqishlari, sir-atvorlar, jamiyatdagi turli qatlamlarning o‘zaro bog‘liqligini o‘ylashga undadi. Bu mavzu hali ham ochilmagan, tugamagan va har doim yangi savollar tug‘diradi. Men uchun esa bu mavzu — tarixning eng qiziqarli sirlaridan biri.

Comments

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning