Mustaqil taʼlim " Voyant toolsda" tahlil qilish bergan edilar bizga ustoz. Keyin boshida bir necha kishi Dilrabo, Jasmina, Shoxzoda, Umida va men tushkunlikga tushdik juda ham qiyin ekan degan gaplarni eshitib. Hattoki undan bir kun oldin "Omeka.net" saytida mustaqil taʼlim vazifasini bajarib Hemis platformasiga joylaganimiz sababli 3 kunlik hayotimiz tushkunlik, dispersiyasi va ayrimlarda stressda oʻtdi. Men 2 kun davomida ovqatlanishga vaqtim boʻlmadi.
Shu bilan birga ota onam bilan ham bir marta ham bogʻlana olmadim. Siqilavervanimdan tabiiy ravishda uhlay olmay qoldim. Aniq esim yakshanba kuni ertalabdan Dilrabo menga telefon qilib yuqoriga xonasiga noutbookim bilan chiqishim kerakligini aytdi. Chiqsam 3 4 ta qizlar ham bor ekan. Keyin sekin sekin bajarib boʻlganlar va bu platformada tajriba orttirganlar yordamida bajara boshladik. Eng yomoni hech kim zip fayl qilishni bilmas ekan. Keyin oʻzim bir necha urinishdan soʻng buni uddaladim 12 ta faylni zip holatga keltirdim. Endi bir savol qiynay boshladi men tanlagan mavzu boʻyicha toʻplagan fayllarim ingliz, rus, oʻzbek tillarida edi. Lekin kursdoshimiz Samira ham turk, ingliz, rus tillarida yuklaganini aytgach koʻnglim xotirjam boʻldi nihoyat. Zip papka roppa-rosa 23,4 MB boʻldi. Boshida qoʻrqib ketdim yuklanmay qolsachi deb. Lekin yuklandi. Navbat 1- kriteriya boʻyicha tahlil qilishga keldi. Bir kursdoshimiz yordamida uddaladik. 👏👏💂 . Mana oʻxshayabdiku deb hursand boʻldim. Endi 2-kriteriya boʻyicha bubble tahlili asosida tayyorladik. 3-kriteriya nisbatan qiyinroq ekan. Lekin uni ham bir amallab joylab qildik. Keyin esimizga tushib ketdi hamma tahlillarni export ekran qilib yaʼni kengaytirib skrinshot qilish kerakligi. Keyin 1-kriteriyadan boshlab skrinshot qilib chiqib uni telegram platformamga tashlab chiqdik alohida alohida qilib. Keyin navbat 4 va 5 keiteriyalariga keldi. Ularni ham sekin sekin uddaladik. Ammo toʻsatdan bir muammo paydo boʻlib qoldi 🤣 🤣 🤣 🤣 🤣 🤣 🤣. Dilraboga tushuntiraman qanday qilib ikkinchi kriteriyani tahlil qilishni deb yuklaganlarimdan chiqib ketdi. Lekin shu joyida yigʻlab yubordim chunki aynan oʻsha fandan mustaqil tayyorlash jarayonida oʻzi oʻpkam toʻlib yurgan edi. Faqat yigʻlay olmayotgan edim. 😭😭😭😭😭😭😭😭. Hattoki mana hozir topshirib boʻlganimizga bir necha hafta boʻlganligiga qaramay eslasam hali ham yigʻlagim keladi. Sababi haligacha bu vaziyatni eslash menga ogʻir. Shuni aytishim kerakki bu jarayon menga bir umrga psixologik travma qoldirdi. 5-kriteriya boʻyicha qilingan hamma tahlil skrinshotlarini Wordga sekinlik bilan joylay boshladim. Albatta har biriga alohida alohida tariflari bilan birga. Eng oxirida adabiyotlar roʻyxati joylashni bilmagan ekanman. Bir bahya qoldi Hemisga yuklab yuborishimga. Vaqtida bir kursdoshimiz aytib qoldilar adabiyotlar roʻyxati boʻlmasa ustoz qabul qilmas ekanlar deb. Keyin yana qayta Wordni ochib tahrirlab yozib joylash kerak boʻlganlarini joylab chiqdim. Keyin Hemisga kirsam ishlamay qoldida login yoki parol xato dedi. Keyin telefonim orqali harakat qilib koʻrdik. Bittada kirib ketdi. Joyladik bir amallab hudoga shukur. 🔥🔥Boʻldi qutuldim endi ovqat yeb ota onamga telefon qilib biroz uhlab olaman dedim. Bitta shu saytga joylashim uchun 4 soat-u 38 daqiqa vaqtim ketdi. Keyin uxlayotgan vaqtimda Billura ismli kursdoshimiz kelib majburlab uygʻotdi. Boshim ogʻrib hech narsani qabul qilmay qolgandi oʻzi oʻsha vaqtda. Keyin bir amallab tushuntirib berdim. Keyin kelib endi ovqat yeyishni boshlagan edim ham yana yordam soʻrab yozib qolishdi. Kayfiyatim yoʻq ruhiy zoʻriqib boʻlganman oʻsha vaziyatda. Javob yozmadim. 4 marta qayta qayta telefon qolaverishdi. Keyin yordam berdim. Eng oxirgi insonnikini 22: 52 da Hemisga joylab boʻldik. Deadline tugash vaqti 23:00 edi. Lekin mana hudoga shukur hammasini yuklab boʻldik. Hech kim qolib ketmadi🎉🎉🎉. Endi boshimizdan oʻtgan jamiki jarayonlarni ushbu saytda hikoya qilib yozib chiqdik. 🤣
Zoʻr
ReplyDeleteJuda qiziqari chiqqan.
ReplyDeleteSarguzashtlaringiz juda qiziqarli ekan yana qiziqarli postlarni kutib qolamiz
ReplyDeleteThis comment has been removed by the author.
ReplyDelete👏👏👏👏
ReplyDeleteAjoyib ijod mahsuli yana shunday ijod namunalaridan kutib qolamiz
ReplyDeleteZoʻr bundan keyin ham shunday sarguzashtlarga boy boʻlsin hayotin😅buning uchun esa ustoz yana bir shunday topshiriq bersin😅
ReplyDeleteMalumotlar yahshi
ReplyDeleteJuda yaxshi Mashhura. Buni biz hech qachon unutmaymiz 😁. Yordaming uchun rahmat 😘
ReplyDelete🔥
ReplyDelete