Skip to main content

Minorai Kalon

 Minorayi Kalon, Arslonxon minorasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Poyi Kalon meʼmoriy ansamblining bir qismi. Eski Buxoroning eng baland inshooti, balandligi 47.5metr. Mazkur inshoot meʼmor Usta Baqol loyihasi asosida qoraxoniy hukmdor Arslonxon topshirigʻiga binoan 1127-yilda bunyod etilgan[1]. Hozirgi kunda minora Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy r9yxatiga kiritilgan.


Mazkur minora oʻrnida avval ham minora boʻlgan. Eski minora qulab tushgach uning oʻrniga mustahkam qilib Arslonxon minorasi qurilgan[1]. Minoraning asosiy vazifalaridan biri musulmonlarni azon aytib namozga chaqirishdan iborat boʻlgan. Minoralar asosan biror masjid oldida yoki jome masjidi qarshisida bunyod etilgan. Minoraning yana bir vazifasi boʻlib, notinch va urush paytida dushmanni kuzatish uchun kerak boʻlgan. Oʻz vaqtida Minorai Kalon yuqoridan kuzatish va din ishlari, xususan, aholini Poyi Kalon masjidiga bayram namozlariga va juma namozlarga chaqirish uchun xizmat qilgan. Minora baʼzi shaharda quriladigan imoratlar uchun oʻlchov vazifasini ham bajargan[2] . Baʼzi manbalarda Buxoro amirligi davrida bu yer tomoshaviy qatl joyi boʻlgan degan farazlar ham uchraydi.Lekin bu aslida haqiqatga to'g'ri kelmaydi, chunki, bu minoradan uloqtirib yuborish bilan bog'liq ommaviy qatillar haqida hech qanday tarixiy isbot va yoki hujjatlar topilmagan shu sababdan shunchaki xalq orasida tarqalgan cho'pchak bo'lish ehtimoli katta. Bu ulugʻ inshoot bunyod bo'lishi bilan bogʻliq koʻplab afsonalar keltirilgan. Ulardan birida aytilishicha, tuya suti va alebastr qorishmasidan minoraning poydevorini tiklagan usta-quruvchi birdan gʻoyib boʻlgan va ikki yildan keyin, poydevor pishiq va mustahkam boʻlgandan soʻng qaytib kelib, inshootni gʻishtdan koʻtarish ishlarini boshlagan. Muhandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida Qoraxoniylar sulolasidan Arslonxon Muhammad 1127-yilda qurdirgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. 1920-yil Frunze boshchiligidagi qizil armiya bosqini natijasida Minorai Kalon qattiq shikastlangan. Hozirgi kunda shikastlangan joylarining minorada izlari mavjud[3]. Minorai Kalon poydevori oʻlkashunos S. N. Yurenov tomonidan 1950-yillarda ochib oʻrganilgan ammo u sizot suv chiqayotganligi sababli shaharning qadimiy qatlamiga yetib bora olmagan[4]. 1976-yilgi Gazli zilzilasidan ham Minorai Kalon shikastlangan. Sharqshunos olim Gʻulom Karimiy oʻzining „Arslonxon minorasi“ nomli tarixiy kitobida mazkur inshootni Minorai Kalon emas, balki Arslonxon minorasi ekanligini isbotlab bergan[5]. Mazkur minora Poi Kalon majmuasida joylashgan. Majmuaga Masjidi Kalon, Minorai Kalon, Miri Arab va Amir Olimxon madrasasi kiradi. Tarixchi olim Qahramon Rajabov fikriga koʻra Minorai Kalon Turkiston mintaqasidagi eng baland va yirik minoralardan biri hisoblanadi.



Minorai Kalon yer sathidan 10m chuqur, balandligi 47,5m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 105 pillapoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi Kalon tomonidan minoraga oʻtiladigan koʻprikcha mavjud. Minorai Kalonning oʻzagi ham, bezagi ham chorsi gʻisht (27x27x4x5 sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak gʻishti oʻrniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan.Ustma-ust joylashgan turli xil handasaviy shakldagi bejirim bezakli halqalari gʻishtin dandanalar bilan hoshiyalangan.Minoradagi bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi.Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasaviy shaklda bezatilgan (keyinchalik toʻkilib ketgan). Minorai Kalon shu turdagi qadimiy inshootlar orasida alohida oʻrin tutadi. Shakllarning oʻzaro monandligi va mutanosibligi, handasaviy uygʻunlik, ajoyib koʻrk va mahobatlilik Minorai Kalonga chinakam goʻzallik bagʻishlaydi. Minora 900 yildan buyon oʻzining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Minorai Kalon belboʻgʻida 20 dan ortiq naqshinkor xalqalar mavjud.


1924-yil Tanasi va muqarnaslari taʼmir etilgan. 1960-yil Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib taʼmirlangan. 1997-yil Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan Minorai Kalonda taʼmirlash ishlari olib borildi. Minorai Kalon Buxoro shahrining noyob va koʻhna yodgorliklari qatoridan asosiy oʻrin egallagan.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning