Skip to main content

Sulton Mir Haydar ziyoratgohi

 Sulton Mir Haydar ziyoratgohi Kasbi tumani Kasbi qishlog‘ida joylashgan. Mir Haydar otaning asl ismi Amir Shamsiddin Mir Haydar Ali Xoja Haydar Xurosoniy (1275\1365) bo‘lib, avval Xuroson Qoyim, Makkada, so‘ng Misr shahrida tahsil olgan.

14 yoshida imom maqomiga erishib, fiqh, hadis, Qur’on va din ilmi sohibi, olim bo‘lganlar. Kasbi tumanida din ilmi sohibi Sulton Mir Haydar (1275-1365) nomi bilan bog‘liq yodgorlik majmui qad rostlagan. Mahalliy aholining qayd etishicha, dastlab olim o‘zi tug‘ilgan manzilda, Kasbida dafn etilgan, biroq turli sabablar bilan ikki marta hoki boshqa joyga ko‘chirilgan Polvoni Ahmad Xorazmiy nomi qayd etiladi, keyingi yillarda olimning hoki yana qayta olib kelinib Kasbida dafn etilgan.

Amir Shamsiddin Mir Haydar Ali Xoja Haydar Xurosoniyning hayoti to‘g‘risida ma’lumot keltiriladiki, hali dunyoga kelmay turib ilohiy bashorat ila Hoja Shamsiddin haqida Hakim ota Sulaymon bashorat qilganlar. 673 hijriy-qamariy Ramazon oyining o‘ninchi kuni subhi tong mahali (1275 milodiy) Jamoliddin Shayx Hazratining uylarida Mohinurbibi onamizning dardlari kuchaydi. Ovsinlari Sokinoyinurni doyani chaqirib kelishga yubordi... To‘rtinchi farzand dunyoga keldi. U ul aziz inson Xurosonning Qoyim shahri Sho‘rdaryo bo‘yida dunyoga keldilar. Xoja Sayyid Jaloliddin o‘z farzandini ukasi Sayyid Muhammad Abdullohga farzandlikka beradi. Sayyid Muhammadning farzandi bo‘lmagan va Xoja Shamsiddinni tarbiya qilgach o‘zlari ham farzandli bo‘lgan.
Xoja Shamsiddin zehnli bo‘lib, yetti qiroat Qur’on qorisi Shayx Jaloliddin Qo‘qoniy unga saboq berdi. Ul zot asli Qo‘qon shahridan bo‘lib, forsiy, arabiy tilda ravon so‘zlar edi va o‘z yurtida fitna dastidan Sho‘rdaryo bo‘yiga kelib qolgan edi. Sohibkaromat Mir Haydar ota asli hazrat Ali va Bibi Fotima onamizning imom Husayn avlodidan bo‘lgan yetuk olim va olim inson edilar. U kishi Buxoroda Sayyid Amir Kulol Xojadan ham haqiqatga yetmoqlikdan saboq olganlar.
Amir Shamsiddin Mir Haydar Ali Xoja Haydar Xurosoniy Xorazmda 30 yoshda, 31 yoshda Buxoroda, 32 yoshda esa Kasbida manzil topganlar.Mir Haydar otaning tavallud yilini hijriy 673, milodiy 1275 yili deb qabul qiladigan bo‘lsak, u zot hijriy 766, milodiy 1365 yilda vafot etganligi sanasini aniqligiga ko‘ra 90 yil umr ko‘rgan bo‘ladilar. Yuqorida aytilganidek, olim hoki qayta hozirgi Kasbida dafn qilingan.

Comments

  1. Kamchiliklarini bartaraf etganingizdan so'ng juda ham ajoyib ko'rinishga kelibdi, ajoyib chiqibdi, omad✊️👍👍👍

    ReplyDelete

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning