Skip to main content

Mustaqil ta'limdagi azobli tun

Ehtimol qo'ygan sarlavham biroz qo'rqinchli va bo'rttirilgandek tuyulishi mumkin, lekin bu rost. Talaba uchun sessiya yoki oraliq imtihonlardan ko'ra ko'proq qiyinchilik tug'diradigani va og'ir keladigani o'ylashimcha mustaqil ta'lim haftaligi bo'lsa kerak. 

Bu haftalik men uchun semestr davomidagi barcha qiyinchiliklar va boshqa og'irliklarni his qilishim uchun yetarlidir. Ushbu haftalik davomida biz barcha fanlardan domlalarimiz tomonidan beriladigan va mustaqil ravishda yakkama-yakka holatda topshiradigan ishlarimizni tayyorlaymiz va domlalarga topshiramiz. Man bu semestrda ham 1-kursda bo'lgani kabi mustaqil ta'limlar haftaligida rosti qiynaldim. Birinchi o'rinda manga qiyinchilik tug'dirgan ish bu KONSPEKTlar edi. O'zi unchalik ham qog'ozbozlikka xushim yo'q. Ammo mustaqil ta'limlardan a'lo baho olishim shart. Grandda o'qiyotgan talaba barcha topshiriq va vazifalarni o'z vaqtida qilib borishi kerak, xususan, bu boshqa talabalarga ham tegishli. 

Man xozir Manbashunoslik fanidan mustaqil ta'lim haftaligi man uchun qanday o'tganligi haqida ozgina ma'lumot beraman. Qani kettik!!!

Ushbu monster fandan mustaqil ta'limni tayyorlab uni topshirish uchun hisobimda 2haftacha vaqt bor edi. Lekin boshqa fanlardan ham domlalar bergan topshiriqlar va o'zimning shaxsiy fan to'garagim tufayli ham aynan ushbu fandan mustaqil ta'limga tayyorlanishda vaqtim kam qoladi. Yaxshi eslayman payshanba kuni edi. Domlamiz ma'ruza darsida 3- va 4-guruj talabalaridan berilgan mustaqil ta'lim topshirig'ini so'rashni boshladilar. Manda esa haligacha xech narsa tayyor emas. Butun para dars davomida ikkala guruhni ham yaxshigina "qamchiladilar". Dars yakuniga yetganda esa bizga qarata bir "mudxish" gapni aytdilar. 7ta dars o'tgan bo'lsak shularning har biriga 3tadan manbani tahlil qilib kelishimiz kerakligini aytdilar. Shuni mustaqil ta'lim o'rnida qabul qilishlarini bizga bildirdilar. Buni eshitib barchamiz "suvga tushgan mushukdek" bo'lib qoldik. Negaki 1kun ichida 21ta adabiyotni tahlil qilib uni yozib kelish bu xazilakam ish emas edi. Ahvol og'irlashdi. Man esa o'ylab-o'ylab bir to'xtamga keldim: "uxlamasdan bo'lsa ham yozaman". Haqiqatan ham tonggacha 21 adabiyot tahlili va atamalar daftarini to'liq qilib yozib chiqdim. Bu umuman oson bo'lmadi. Shu manbashunoslikni yozib bo'lgunimcha qancha asabim ketganini kavrtiramdagi do'stlarim mandan ham yaxshiroq bilishadi😅😅. Chunki orada asab chiqqanda ularni ham "ayamadim". O'sha kunning eng daxshatli daqiqasi tungi soat 00:10da boshlandi, man juda ham charchab boshimni yostiqqa qo'ydim. Bu esa to'lalaigicha "xalokat" belgisi edi. Uxlab qolibman, bexosdan qandaydir ichki kuch yordamida biroz cho'chib uyg'onib kettim. Soatga qarasam 00:14 ekan. Daxshatli 4 daqiqa. Baholarimni rasvosini chiqarib yuborishi mumkin bo'lgan 4 daqiqa. Agar o'sha vaqt uyg'onmaganimda tabiiyki, past ball olgan bo'lar edim. Sababi seminarlarimdagi baholarim xavas qilgulik darajada emasdi. Ya'ni biroz yomonroq, pastroq edi. Shu sababdan ham "imkonsiz" bo'lgan o'sha 21 adabiyot tahlilini shiringina uyqumdan kechib bo'lsa ham yozishga kirishgandim. Domlamizdan bir kun avval so'raganim esimda: - Domla, agarda seminar baholarimiz pastroq bo'lsa-yu, lekin mustaqil ta'limni zo'r qilib topshirsak joriy bahoyimiz ham yaxshi bo'lishi mumkin-mi? Ular esa quyidagicha javob bergan edialr: - Ha, albatta. Mustaqil ta'limni zo'r qilib topshirsangiz man a'lo baho qo'yaman.

Shundan so'ng kvartiramga borishim bilanoq yozishga kirishdim. Tonggi  soat 4gacha yozdim. Payshanba 16:00dan Juma soat 04:00gacha qo'limdan ruchkamni tushirmadim. 12soat yozdim. Tugatganimda esa barmoqlarim manga bo'ysunmay qolgandi😂😂. Bunaqasi avval ham bo'lgandi. Lekin xech 12 soat stabil yozmagan edim. Bu man uchun tajriba va yangilik bo'ldi. Ertasi kuni esa o'zim istagan natijaga erishdim. Domladan a'lo bahoni ham oldim. Albatta xursand bo'ldim, negaki monster fandan a'lo baho olish yuqorida aytganimdek xazilakam ish emasdi. Mustaqil ta'limlar va oraliq imtijonlar dardida yurgan barcha kasbdoshlarimga ya'ni talaba do'stlarimga omad tilayman!!!

Hammangizga rahmat salomat bo'linglar 

Eshik qoqib kelayotgan yangi yil hammamizga xayrli bo'lsin shu jumladan SESSIYALAR ham😁😁🤝


Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning