Skip to main content

Ochilbek qo'rboshi (Samarqand arsloni)

 Ochilbek, Ochil dev (taxminan 1883, Samarqand yaqinidagi Qoʻshtamgʻali qishlogʻi — 1923.10.5, Kitob atrofidagi Varganza qishlogʻi) — Samarqand viloyatida sovet rejimiga qarshi harakat rahbarlaridan biri. Oʻzbeklarning nayman urugʻidan boʻlgan. Samarqand va Toshkentdagi jadid maktablarida tahsil olgan. 


Gʻuzor beki Sayd Akram toʻra (Buxoro amiri Olimxonnnng amakisi) xizmatida boʻlib, harbiy ishni oʻrgangan.
1918-yil oxirida u boshchilik qilgan guruh Samarqand viloyatida qizil askarlarga qarshi hujum boshlagan. 1921-yildan Turkiston milliy birligi siyosiy tashkiloti koʻrsatmalari asosida ish olib borgan. Validiy uning qarorgohida boʻlib, bolsheviklarga qarshi kurashga gʻoyaviy rahbarlik qilgan (1922). Ochilbek boshchiligida 10 ta qoʻrboshi (Kattaqoʻrgʻonda Qoraqulbek, Urgutda Hoji Abdulqodir, Jizzax atrofida Maʼmur Niyozbek va Toʻrabek, Matcho bekligida Asrorxon, Nusratshoh, Hamidbek, Oʻratepada Xolboʻtabek va boshqalar) va 4000—5000 yigit faoliyat koʻrsatgan. U Samarqand viloyatidagi boshqa yirik qoʻrboshi — Bahrombek (vafoti 1922) bilan hamkorlikda harbiy hara-katlarda qatnashgan.


Ochilbekning hujumlari oqibatida Samarqand—Zarafshon hududidan Matchoh togʻlari etaklariga qadar boʻlgan joylarda sovet xokimiyati agʻdarilgan. 1923-yil may oyining boshlarida Ochilbek oʻz guruhi bilan Shaxrisabzdagi vatanparvarlarga yordamga borgan. Kitob atrofida qizil askarlar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan, uning omon qolgan (130 yigit) dastasiga Ziyovuddin boshchilik qilgan.

Ochilbek qo‘rboshi faoliyati mahalliy aholi erkinligi, adolati va tinchligi yo‘lida olib borilgan kurashning yorqin namunasi bo‘lib qoladi. Uning harakatlari o‘z davrining murakkab siyosiy-ijtimoiy sharoitida vujudga kelgan bo‘lsa-da, qo‘rboshining qat’iyati, vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari va xalq manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan sa’y-harakatlari bilan ahamiyatlidir. U boshqargan guruhlar ko‘pincha zulm va bosimga qarshi turgan, mahalliy an’ana va qadriyatlarni himoya qilgan. Shu bois Oc hilbek qo‘rboshi obrazida o‘z xalqining erki va sha’ni uchun kurashgan, o‘zbek tarixida alohida o‘rin egallagan shaxs sifatidagi jihatlar mujassam.


Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning