Assalomu alaykum do'stlar! Bugun sizlarga Omeka.net degan juda qiziqarli sayt haqida gapirib beraman. Bu saytda ishlaganimdan juda ko'p narsa o'rgandim.
Omeka.net nima?
Omeka.net bu raqamli arxiv yaratish uchun maxsus platforma. Oddiy qilib aytganda, bu yerda turli tarixiy materiallar, rasmlar, hujjatlar va boshqa narsalarni to'plab, ulardan o'z kolleksiyangizni yaratish mumkin. Muzeylar va kutubxonalar ham shunday tizimdan foydalanadi. Men bu saytda Fatxulla Xo'jayev haqida ish boshladim. Kimlar bilmasa, Fatxulla Xo'jayev O'zbekistonning buyuk tarixiy arboblari va davlat arboblaridan biri edi. Men u haqida 2 ta kolleksiya tuzib, 10 ta post joyladim.
Birinchi kalleksiya - Fatxulla Xo'jayevning hayoti va faoliyati haqida. Bu yerga uning biografiyasi, ishlagan lavozimlari va qilgan ishlari haqida materiallar joyladim.
Ikkinchi kolleksiya - Tarixiy rasmlar va hujjatlar. Bu kolleksiyada Fatxulla Xo'jayevning suratlar, ba'zi hujjatlar va o'sha davr haqida ma'lumotlar bor.
Har bir kolleksiyaga 5 tadan post joyladim. Jami 10 ta post bo'ldi. Har bir postga tavsif yozdim, rasm qo'shdim va teglar qo'yib chiqdim.
Ro'yxatdan o'tishda qiyinchiliklar
Omekada ishlash ham oson kelmadi deyish kerak. Bir qancha muammolar bo'ldi:
Saytning boshqaruv paneli biroz chalkashtiradi. Qayerda kolleksiya ochish, qayerda post qo'shish kerakligini topish qiyin edi. Bir necha marta xato qildim va qaytadan boshladim.
Bu sayt ham butunlay ingliz tilida. Item, Collection, Exhibit kabi so'zlar boshida tushunarsiz edi. O'rganishga vaqt ketdi.
Ba'zi rasmlarni yuklashda muammo chiqdi. Format mos kelmasa, sayt qabul qilmaydi. JPEG va PNG formatlarini ishlatish kerak ekanligini keyinroq tushundim. Har bir post uchun juda ko'p maydonlarni to'ldirish kerak. Title, Description, Creator, Date va yana bir nechta narsa. Bularning barchasini to'g'ri to'ldirish kerak edi, aks holda post tartibsiz ko'rinadi. Ba'zan ishni saqlay olmasdim. Internet tezligi sekin bo'lsa yoki sahifani yangilasam, hamma ish yo'qolib ketardi. Shuning uchun tez-tez saqlashni o'rgandim. Qiyinchiliklarga qaramay, natija zo'r bo'ldi. O'z kolleksiyamni yaratdim va Fatxulla Xo'jayev haqida to'plagan materiallarimni tartibli joylashdim. Buni boshqalar ham ko'rib, o'qishlari mumkin. Omekaning yaxshi tomoni shuki, hamma narsa bir joyda va tartibli. Oddiy papkalarda rasmlar va fayllar saqlashdan ko'ra bu ancha professional ko'rinadi. Yana searchda ham oson topiladi.
Tavsiyalarim
Agar siz ham Omeka bilan ishlashni o'ylasangiz, bir necha maslahatim bor:
- Avval rejalashtiring - qanday kolleksiya ochishni oldindan o'ylab ko'ring
- Rasmlaringizni JPEG yoki PNG formatida tayyorlab oling
- Har bir post uchun to'liq ma'lumot yozing, shunda keyinroq qidirish oson bo'ladi
- Ishni tez-tez saqlang, internetingiz yo'qolib ketmasin
- Sabr qiling va o'rganishga vaqt ajrating
Omeka.net raqamli arxiv yaratish uchun ajoyib platforma. Garchi o'rganish qiyin bo'lsa ham, bir marta o'rgansangiz, keyin oson. Men Fatxulla Xo'jayev haqida 2 ta kolleksiya va 10 ta post joylash orqali ko'p narsa o'rgandim. Sizlarga ham tavsiya qilaman. Agar tarix, madaniyat yoki boshqa mavzular bilan qiziqsangiz, Omekada o'z kolleksiyangizni yarating. Bu juda foydali va qiziqarli ish.
Savollaringiz bo'lsa, izohda yozib qoldiring!




Comments
Post a Comment