Skip to main content

Omega.net saytidagi tajribam

 avvalambor assalomu alaykum. Biz ikkinchi kurs boshlanishi bilanoq raqamli tarix fanini o'ta boshladik. Ushbu fan orqali biz aynan fan va sohamiz orqali o'zimizga kerak bo'ladigan saytlarni o'ragnishimiz aynan shu saytlar orqali kerakli malumot, ilmiy ish va maqollarni joylashimiz va ko'pchillikka

ulashishimizga yordam beradi. Ushbu saytlarga misolchun omeka.com, bloger.com, academiya.com, voyant tools va boshqalarini misol keltirishimiz mumkin. Shulardan omeka.comni haqida gapiradigan bo'lsak.Ushbu saytni biz qisqacha qilib kutubxona deyish mumkin. Unda biz berilgan muddat davomida malum bir mavzu doirasida va erkin tarzda kitob, maqola va boshqa malumotlarni yuklashimiz kerak edi. 


ushbu platformadan o'tish uchun ushbu saytga kirib o'z ism familiyangizni va boshqa malumotlarni kiritish, so'ngra o'z saytingizga nom berish darkor. usbu nom orqali sizni izlaganda chiqib keladi. Manimcha unga kim qanday elektron kutubxona yaratish kerak bo'lsa shunga yaqin manoda yoki o'zi qiziqqan mavzuga doir nom qo'ygani maqulroq deb o'ylayman.


ushbu suratda omeka.comnining asosiy bo'limini ko'rishimiz mumkin. Unda siz yuklagan barcha narsalar soni va qisqacha ilovasi, qancha to'plam borligi va mavzusi hullas barcha dastur va saytlarda bo'lgani kabi saytning asosiy bo'limini ko'ramiz.


        Yuqorida aytganimdek ushbu kutubxonadagi to'lamlarni kiritdim. Unda kutubxonalardagi kabi alohida katagoriyalarga ajratilgan. Unda "Buxoro xonligi", "O'zbekiston tarixi" va boshqa to'plamlar mavjud. Ushbu to'plamda ana shu mavzuga oid kitob va maqola va hattoki videolarni ham joyladim. Mani fikrimcha ushbu narsalar saytni ayana ham aniqroq va yaxshiroq qiladi va yordam  beradi.


To'g'risi  ushbu sayt bir qaraganda osondek tuyiladi, lekin sal tushunib yokidakim birov ko'rsatganda tushunib olinmasa qiynaladi. Sababi avvalambor uning uzidan ro'yhatdan o'tishga qiynaladi sabai ishi biroz ko'proq va adashish hech gap emas. Men uizm ham aynan darsda  ustoz o'rgatib turgan payt o'tgandim qayta-qayta so'rab.  Undan keyin ham birinch kitobni yuklashda va to'plam va boshqa narsalarini qilish yangi fydalanuvchi uchun qiyin.


        Xullas pdf yuklangandan keyin aynan mana shu joyidan yuklangan fayliga nom uni nashri, nashrda kim ishtirok etgani va pdfni yuklayotgan paytda kim masul bo'lganini qayd etilishi lozim. Huddi  manashu narsa mening fikrimcha muhim jihati hisoblanadi, sababi ushbu malumotlar orqali biz aynan pdf haqida boshlang'ich fikr va yuklayotgan, va saytni mashg'urroq qilishiga yordam beradi. 


Uploading: 423617 of 423617 bytes uploaded.


        Tanlagan mavzu doirasida yuklagan narsamizga nom berilgandan keyin, unga teg qo'shish joyiga o'tishimiz unga bir qanncha, to'g'irrog'i hohlagancha hoh 3ta hoh 20ta yuklasa bo'ladi. Lekin unga ko'proq yuklagan maqul chunki aynan manashu kiritilgan teglar internetdan izlaganda aynan kiritilgan teglar orqali sizning faylingiz chiqadi va fayliz va saytiz mashxurrq bo'lishiga yordam beradi. Teglar aynan matningizdagi ko'p uchragan va mashxurroq so'zlardan foydalangan maqul. 




         Xullas ushbu sayt manashu raqamli tarix fanidan o'tganidan beri eng yoqqani bo'ldi deyish to'g'ri bo'ladi. Unda o'zimiz mustaqil ravishda o'z kutubxonamizni yaratishimiz va boshqalarga ulashishimiz mumkin.  o'zimiz qiziqqan mavzu doirasida yukagan malumotlarimiz asosida o'zimiz uchun baza ham yaratamiz. To'g'ri avvalambor  bu qilgan ishlarimiz baho uchun qilganimiz to'g'ri lekin biz uchun ham foydali tomonlari ko'pdir. 

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning